Eron Prezidenti Mesud Pezeshkiyan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida: «Eronning AQShga endi ishonchi qolmadi», — dedi.
Eron Prezidentligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etish uchun hozirda AQShda bo‘lgan Pezeshkiyan BMT Bosh kotibi Guterrish bilan uchrashdi.
Pezeshkiyan ushbu uchrashuv chog‘ida Guterrishga: «Eron muzokara stolini tark etgani yo‘q. O‘tgan tajribalardan kelib chiqib aytganda, Eronning AQShga endi ishonchi qolmadi», — degan ifodalarga o‘rin berdi.
Mamlakati mintaqada tinchlik va xavfsizlikni istayotganini yodga solgan Pezeshkiyan: «Bu mamlakat tashqi bosimlarning mamlakatni taslim etishiga yo‘l qo‘ymaydi», — deya ta’kidladi.
Guterrish esa mazkur murakkab sharoitda siyosiy va diplomatik yechim topish yo‘lidagi sa’y - harakatlarni davom ettirish zarurligini bildirdi.




















