SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Rossiya Slovakiyaning energiya ehtiyojlarini qondirishga tayyor
Robert Fiko, Ikkinchi jahon urushida Sovet ittifoqining Gitler Germaniyasiga qarshi qo‘lga kiritgan g‘alabasini xotirlash marosimlarida qatnashish uchun Moskva shahriga tashrif uyushtirdi.
Rossiya Slovakiyaning energiya ehtiyojlarini qondirishga tayyor
_

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin shanba kuni (09.05.2026) Kremlda Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiko bilan uchrashuv o‘tkazdi va unda Rossiya Slovakiyaning energiya ehtiyojlarini qondirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini ifoda etdi.

Slovakiya, Yevropada haligacha Rossiyadan neft va tabiiy gaz sotib olayotgan kam sonli davlatlardan biridir.

Slovakiya, Sovet ittifoqi tomonidan qurilgan Drujba quvur liniyasi orqali Rossiyadan neft oladi, tabiiy gaz esa TürkAkım quvur liniyasi orqali mamlakatga yetkazib beriladi.

Fiko, Ikkinchi jahon urushida Sovet ittifoqining Gitler Germaniyasiga qarshi qo‘lga kiritgan g‘alabasini xotirlash marosimlarida qatnashish uchun Moskva shahriga tashrif uyushtirdi.

Putin milliy telekanal orqali efirga uzatilgan bayonotida, Moskvaning Qizil maydonidagi G‘alaba paradida qatnashmagan Fikoga: «Slovakiyaning energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz» - dedi.

Rossiya davlat OAVlari avvalroq Fiko paradga qatnashishini xabar qilgan edi.

Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lgan Slovakiya, Rossiya bilan siyosiy aloqalarni saqlab qolishga harakat qilmoqda va infratuzilmasi ushbu resurslarga mos ravishda qurilgani bois Rossiya ta’minotidan voz kechish juda qimmatga tushishini ta’kidlamoqda.