TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya–AQSh: ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi
Turk va Amerika rasmiylari uchrashuvlar samarali o‘tganini aytib, Vashingtondagi muzokaralarda muloqot va muvofiqlashtirishning ahamiyatini ta’kidlashdi.
Turkiya–AQSh: ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi
Onal va Slotkin uchrashuvida mintaqaviy va xalqaro o'zgarishlarni muhokama qildilar. Surat: @TC_VasingtonBE
8 январ 2026

Turk va Amerika rasmiylari uchrashuvlar samarali o‘tganini aytib, Vashingtondagi muzokaralarda muloqot va muvofiqlashtirishning ahamiyatini ta’kidlashdi.

Turkiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchisi Sedat O‘nal chorshanba kuni Vashingtonda senator Elissa Slotkin bilan uchrashdi; har ikki tomon muzokaralarni “samarali” deb baholadi.
Turkiya elchixonasi X ijtimoiy tarmog‘ida shunday xabar qoldirdi: “Turkiya va AQSh o‘rtasidagi umumiy manfaatli masalalar, ikki tomonlama hamkorlik hamda mintaqaviy va xalqaro dolzarb voqealar muhokama qilindi.”
Elchixonaga ko‘ra, O‘nal va Slotkin ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqot va muvofiqlashtirishni davom ettirish muhimligini ham ta’kidladi.
Yopiq eshiklar ortida o‘tgan uchrashuv bo‘yicha boshqa tafsilotlar e’lon qilinmadi.

F-35 dasturi

So‘nggi paytlarda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiyaning AQSh yetakchiligidagi F-35 qiruvchi samolyotlari dasturiga qayta qabul qilinishi chaqirig‘ini yana takrorladi. Uning ta’kidlashicha, bu qadam Vashington bilan munosabatlarni mustahkamlaydi va NATOning xavfsizlik doirasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Erdo‘g‘an Bloomberg’ga bergan yozma bayonotida Turkiyaning dasturdan chiqarilishini “adolatsiz” deb atadi va Donald Trampning yana AQSh prezidenti bo‘lishi munosabatlarni “yanada oqilona va konstruktiv asosda” qayta yo‘lga qo‘yish imkonini berishini aytdi.
U Turkiyaning F-35 samolyotlarini qo‘lga kiritishi “muhim va zarur” ekanini bildirdi hamda F-16 savdosi bo‘yicha muzokaralar, uzoq vaqtdan beri davom etayotgan Halkbank ishi, shuningdek AQShdan Turkiyaga suyultirilgan tabiiy gaz (LNG) yetkazib berishni ko‘paytirish yuzasidan muzokaralar ham davom etayotganini qayd etdi.