Eron milliy axborot agentligi xabariga ko‘ra Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi kunning erta soatlarida Islomoboddan Ummonga safar qiladi, ortidan esa yana Pokistonga qaytadi.
IRNA axborot agentligi, Aroqchining Ummon tashrifini yakunlagach yana Pokistonga, ortidan esa Rossiyaga yo‘l olishini bildirdi.
Uning delegatsiyasining bir qismi urushni tugatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlashish va zarur ko‘rsatmalar olish uchun poytaxt Tehronga qaytgan bo‘lib, yakshanba (26.04.2026) kuni oqshomida Islomobodda yana Aroqchi bilan birga ish olib borishi kutilmoqda.
Diplomatik faollik davom etmoqda
Aroqchi Pokistonga bo‘lgan tashrifi davomida urushni butunlay tugatishni ko‘zlagan amaliy va yo‘lga qo‘yilishi kerak bo‘lgan asosiy yondashuv bo‘yicha Eronning pozitsiyasini bayon qilganini ifoda etib, tashrifni «juda samarali» deb baholadi.
Eron Tashqi Ishlar vaziri Aroqchi X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Vashingtonning diplomatik sa’y - harakatlarga «haqiqatdan jiddiy» yondashayotgani hali ham aniq emasligini o‘z so‘ziga ilova etdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Tramp esa «avvalgidan yaxshiroq» deb ta’riflagan yangi bir hujjat olganini e’lon qildi.
Aroqchi, Tehronning tinchlik takliflariga bo‘lgan javobini pokistonlik o‘rtamchiga yetkazishi ortidan Ummon poytaxti Maskatga yetib bordi.
Shu bilan birga Prezident Tramp elchilari Jared Kushner va Stiv Vitkoffning Pokistonga rejalashtirilgan tashrifi bekor qilinganini ma’lum qildi.
Pokistondagi manbalarga ko‘ra, Aroqchining, o‘rtamchilik jarayonini davom ettirish uchun yakshanba yoki dushanba kuni Islomobodga qaytishi kutilmoqda.










