Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an chorshanba kuni (27.05.2026) Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi e’lon qildi.
Erdo‘g‘an o‘z murojaatida Qurbon hayitini «ma’naviy ne’mat» deb atagan holda hayit bayrami Turkiya, turk xalqi, islom olami va butun insoniyat uchun xayrli bo‘lishini tiladi.
Erdo‘g‘an: «Avvalo G‘azo bosh bo‘lish bilan birga ko‘ngil geografiyamizning turli burchaklarida bu bayramni g‘am - qayg‘u, va azob - uqubat ichida qarshi olayotgan barcha birodarlarimga shaxsim va xalqim nomidan eng kuchli birdamlik tilaklarimni yo‘llab qolaman», — dedi.
Turkiya bo‘ylab millionlab inson chorshanba kuni (27.05.2026) hayit bayramining birinchi kunida hayit namozi o‘qidi.
Erdo‘g‘an, shuningdek, Istanbuldagi Chamlija nomidagi jome’ masjidida o‘qigan hayit namozi ortidan jurnalistlarga bayonot berdi va unda diniy bayramlar ijtimoiy rishtalar va o‘zaro yordamni mustahkamlashini ifoda etdi.
Bu haqida: «Avvalo, hayit bayramlari — mehr - muhabbat, hurmat, birlik, hamjihatlik va birdamlik kunlaridir», — degan Erdo‘g‘an, G‘azodagi vaziyat Turkiya va dunyodagi musulmonlarning hayit bayrami quvonchiga soya solayotganini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an Binyamin Netanyaxuni tanqid qilib, uni «zolim» deb atar ekan; dunyo musulmonlari Isroilning G‘azodagi harakatlariga qarshi birlashishidan umidvor ekanini bildirdi.
Erdo‘g‘an mavzu haqida shuningdek: «Netanyaxu degan zolim dunyo musulmonlaridan kerakli saboqni olishiga ishonaman», — dedi.
Turkiya Isroilning G‘azodagi harbiy hujumlarini eng keskin ravishda tanqid qilayotgan davlatlardan biri bo‘lib; Erdo‘g‘an bir necha bor zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, insonparvarlik yordamini kengaytirish va xalqaro hamjamiyatni Isroilga nisbatan bosimni kuchaytirishga chaqirdi.
Erdo‘g‘an bu bayonotlarni, dunyo musulmonlari Qurbon hayitini G‘azo va Yaqin Sharqdagi insonparvarlik tashvishlari davom etayotgan bir paytda nishonlayotganida qayd etdi.
Qurbon hayiti Hazrati Ibrohimning Allohning amri bilan o‘g‘lini qurbon qilishga rozi bo‘lgani va oxirgi lahzada ilohiy buyruq bilan qo‘chqor qurbon qilingan voqeani yodga soladi.
Musulmonlar ushbu voqea xotirasiga qurbonlik qilib, uning go‘shtini kambag‘allar va yaqinlari bilan bo‘lishadi.


















