DUNYO
1 daqiqa o'qish
Isroil Janubiy Livanda yana qoidabuzarlik qildi
Isroil armiyasi janubiy Livandagi Khiam shahrida joylashgan davlat maktab binosini yer bilan yakson qildi.
Isroil Janubiy Livanda yana qoidabuzarlik qildi
_

Livan ommaviy axborot vositalari seshanba kuni xabar berishicha, Isroil armiyasi janubiy Livandagi Khiam shahrida joylashgan davlat maktab binosini vaqtinchalik tinchlik kelishuvining yangi buzilishi doirasida vayron qilgan.

Davlatga qarashli milliy axborot agentligi xabariga ko‘ra Isroil kuchlari binoni portlovchi moddalar bilan jihozlab, tungi soatda portlatib, butunlay yer bilan yakson qilgan.

Isroil armiyasi tomonidan voqea haqida hali hanuz hech qanday bayonot berilmagan.

Livan hokimiyatlariga ko‘ra, 2 - martdan buyon Isroil Livanda amaliyot olib borib, taxminan 2 300 kishini o‘ldirgan; 7 500 dan ortiq insonni yaralagan va 1 million nafardan ortiq insonni o‘z uy - joyidan ko‘chirishga majbur qilgan.

AQSh Prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Livanda 10 kunlik tinchlik kelishuvi e’lon qilgan; bu qaror Livan Prezidenti Joseph Aoun va Isroil Bosh vaziri Binjamin Netanyaxu bilan bo‘lgan telefon suhbatlaridan keyin qabul qilingan.