Isroil matbuoti xabariga ko‘ra, Kats Hamas G‘azodagi ishg‘olni davom ettirayotgan Isroil askarlariga hujum uyushtirishi haqida razvedka ma’lumotlari olinganini da’vo qildi.
Isroil armiyasiga eng yomon ssenariylarga tayyorgarlik ko‘rishni buyurganini bildirgan Kats, har qanday hujum yuz bergan taqdirda G‘azo aholisi “nomutanosib badal to‘lashi” bilan tahdid qildi.
Mamlakatda 27-oktabrda o‘tkaziladigan saylovlar yaqinlashar ekan, Isroil matbuoti Tel-Aviv ma’muriyati G‘azo va Livanga hujumlarini kuchaytirishi hamda Eronga hujumlar uyushtirishi mumkinligiga e’tibor qaratmoqda.
Israel Hayom gazetasi xabarida Isroil AQSh ishtirokisiz Eronga yangi hujum uyushtirish ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rayotgani bildirilgan edi.






















