G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
Isroilning G‘azodagi hujumida 2 kishi halok bo‘ldi
Isroilning qoidabuzarliklari davom etar ekan, shu doirada G‘azo sektoridagi oxirgi havo hujumida 2 kishi halok bo‘ldi.
Isroilning G‘azodagi hujumida 2 kishi halok bo‘ldi
(ARXIV) Isroilning G'azodagi bir binoga uyushtirgan hujumida 2 nafar falastinlik halok bo'ldi

Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi bir binoga qarshi uyushtirgan havo hujumida 2 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab inson tan jarohat oldi va eng yomoni tan jarohati olganlar orasida yosh bolalar ham bor.

Kasalxona manbalari va guvohlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra Isroil armiyasi G‘azo shahrining eng gavjum hududlaridan biri bo‘lgan Nasr ko‘chasidagi Betul nomli ko‘p qavatli uyidagi xonadonni kamikadze dron yordamida nishonga oldi.

Nishonga olingan xonadon yong‘in chiqqanidan so‘ng butunlay yaroqsiz holga kelgan. Hujum bino aholisini vahima va qo‘rquvga soldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hujumda 2 kishi halok bo‘lgan, ko‘pchilik tan jarohati olgan va tan jarohati olganlar orasida yosh bolalar ham bor.

Mahalliy manbalar hujumda halok bo‘lganlarning ismlari Izziddin al - Bayk va Muhannad Abu Ful ekanini ma’lum qildi.

Isroil G‘azoda Xamas qo‘mondonini o‘ldirganini iddao etdi

Boshqa tomondan, Isroil G‘azoda Xamas qo‘mondonlaridan biri o‘ldirilganini iddao qildi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Yisrael Kats qo‘shma bayonot berib, «Xamasning Shimoliy G‘azo brigadasi qo‘mondoni Izziddin al - Bayk kecha tunda G‘azo sektorida o‘ldirildi», - deya ma’lum qildi.

Xamas tomonidan esa hozircha bu borada hech qanday bayonot berilmadi.