Kuba Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari yakshanba kuni (22.03.2026) bergan intervyusida, yurtining AQShning harbiy hujum ehtimoliga qarshi tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Karlos Fernandez de Kossio mavzu haqida shunday dedi: «Armiyamiz har doim tayyor holatda va ayniqsa shu kunlarda (AQShning) harbiy hujum qilish ehtimoliga qarshi tayyorlanmoqda. Dunyoda bo‘layotgan voqealarga e’tibor bermaslik soddalik bo‘ladi» - dedi.
Kossio bosqinchilik qilinmasligidan umidvor ekanini bildirdi va buning uchun hech qanday asos yo‘qligini ham qo‘shimcha qildi.
Kubalik rasmiy: «Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati nega o‘z mamlakatini Kuba kabi qo‘shni davlatga qarshi harbiy harakatga majbur qilsin?» - degan savol qo‘ydi.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio seshanba kuni (24.03.2026), Kuba rahbariyati mamlakatdagi elektr uzilishlarini bartaraf etishda ojizligi va buning uchun yangi yetakchilarga ehtiyoj borligini ifoda etgandi.
Rubio Oq uyda jurnalistlarga bergan bayonotida: «Kubada ishlamagan iqtisodiyoti va uni tuzata olmaydigan siyosiy hamda hukumat tizimi bor. Shu bois ular tub o‘zgarishlar qilishi kerak» - dedi.
AQSh va Kuba 65 yildan beri bir - birini dushman sifatida ko‘rib keladi biroq Donald Trump ma’muriyati davrida Kubaga nisbatan bosim yanada kuchaydi.
Kuba Davlat rahbari Miguel Diaz - Kanel o‘tgan hafta Vashington va Havana rasmiylari o‘zaro kelishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida to‘g‘ridan - to‘g‘ri muzokaralar olib borganini ma’lum qildi.

















