NATOning Brunssumdagi Birlashgan Kuchlar qo‘mondonligi (JFCBS) Eskishehirda harbiy vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida 5 nafar askarning shahid bo‘lgani munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirdi.
Qo‘mondonlikning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida quyidagi bayonot e’lon qilindi:
«Bugun yuz bergan vertolyot halokatida 5 nafar harbiy xizmatchining halok bo‘lgani munosabati bilan ittifoqdoshimiz Turkiyaga chuqur hamdardligimizni bildiramiz. Qalbimiz halok bo‘lganlarning oilalari, yaqinlari va safdoshlari bilan. Turkiyaning qayg‘usiga sherikmiz va motam kunlarida uning yonidamiz».
Turkiya Milliy mudofaa vazirligi (MSB) avvalroq Eskishehirda o‘quv parvozi vaqtida Harbiy - havo kuchlari qo‘mondonligiga tegishli vertolyot halokatga uchrashi oqibatida 5 nafar askar shahid bo‘lganini ma’lum qilgan edi.



















