Rossiya Kiyevdagi Qatar elchixonasini nishonga olganini rad etdi
Rossiya Kiyevdagi Qatar elchixonasini nishonga olganini rad etib, bu borada Ukrainani aybladi.
Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi o‘z kuchlari Kiyevdagi Qatar elchixonasiga qarshi hujum qilgani haqidagi ayblovlarni rad etib, diplomatik vakolatxonaga yetkazilgan ziyon Ukraina havo mudofaa tizimidagi nosozlik oqibati ekanini iddao etdi.
Vazirlik mavzu haqida shanba kuni (10.01.2026) bergan bayonotida: “Diplomatik vakolatxonalar Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan hech qachon nishonga olinmadi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Moskva o‘zlari belgilagan nishonlar Qatar diplomatik vakolatxonasi yaqinida joylashmaganini ifoda etar ekan ayni vaqtda: “Ukraina havo mudofaa tizimida nosozlik yuz bergan va bu elchixona binosiga ziyon yetishiga olib kelgan”, - degan pozitsiyani ilgari surdi.
Bayonotda, shuningdek, Rossiya Qatar Davlatini ustuvor hamkor va do‘st mamlakat sifatida ko‘rishi qayd etildi.
Rossiya Tashqi Iishlar vazirligining ushbu bayonoti Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning bayonotlaridan keyin e’lon qilindi. Zelenskiy, Oreshnik gipertovushli raketasi va 200 dan ortiq insonsiz havo transporti orqali turli qanotli raketalardan tashkil topgan keng ko‘lamli hujum ortidan bayonot berib, insonsiz havo vositalaridan biri Qatar elchixonasi binosiga ziyon yetkazganiga e’tibor qaratgan edi.
Zelenskiy nishonning diplomatik ahamiyatiga e’tibor qaratib, Qatarning urush mahbuslarini ozod etish jarayonidagi o‘rtamchilik rolini yodga solgandi. Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Andriy Sibiha esa Yevropa ittifoqi bilan NATO chegaralari yaqinidagi hujumlar Yevropa xavfsizligi uchun jiddiy tahdid ekanini bildirgan edi.
Rossiya mudofaa idoralari avvalroq energetika infratuzilmasi va dron ishlab chiqarish obyektlarini nishonga olgan keng ko‘lamli amaliyot uyushtirilganini tasdiqlab, ushbu hujumlar Novgorod viloyatida Rossiya prezidentining qarorgohiga qarshi uyushtirilgan Ukraina hujumiga javob tariqasida ekanini ma’lum qilgandi.