G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroil hujumlari oqibatida falastinlik yetti kishi tan jarohati oldi
Isroil, otashkesim yoki sulh kelishuviga qaramay G‘azoda hujum uyushtirishni davom etmoqda.
Isroil hujumlari oqibatida falastinlik yetti kishi tan jarohati oldi
_

Tibbiy manbalarga kora oldindan ogohlantirishsiz Gazo markazida joylashgan turar - joy binosini nishonga olgan Isroil hujumida falastinlik yana yetti kishi jarohat oldi.

Manbalarga kora orta va ogir darajada jarohat olganlar, shahardagi turli shifoxonalarga yetkazilgan.

Guvohlarning aytishicha juma kuni erta tongda Gazo markazida, Yarmuk stadioni yaqinidagi Haraz binosi ostidagi tijorat omborlariga Isroil vertolyoti hujum qilgan va bu jarohatlarga sabab bolgan.

Boshqa bir bayonotda esa G‘azo Harbiy bo‘lmagan mudofaa boshqarmasi jamoasi hujum ortidan hududda chiqqan yonginni o‘chirgani va bir necha jarohat olganlarni evakuatsiya qilganini ma’lum qildi.

Qoidabuzarliklarning davom etishi

Boshqa bir hodisada mahalliy manbalar Isroil Harbiy - dengiz kuchlari avtomat qurollari orqali ot ochgani va Gazodagi baliqchi qayiqlari bilan qirgoq hududini top oqlari bilan nishonga olganini bildirdi.

Isroil artilleriyasi harbiy texnikalardan ot ochish bilan birga Gazo sharqidagi al - Tuffah mahallasining sharqiy hududlarini ham oqqa tutgan. Qurbonlar bor - yo‘qligi haqida esa hali hanuz hech qanday ma’lumot yoq.

Gazo Sogliqni Saqlash vazirligiga kora, 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan otashkesim yoki sulh kelishuvining buzilishlarida falastinlik 922 kishi halok bolgan, 2 ming 786 kishi esa tan jarohati olgan.

Falastin rasmiylariga kora 2023 - yilning 8 - oktabrida boshlangan Isroil - G‘azo urushi oqibatida falastinlik 72 ming nafardan ortiq inson halok bolgan, 172 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati olgan.