Isroilning o‘ta o‘ng qanot ko‘z qarashdagi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben - Gvir, Falastin hududlarini bosib olgan yuzlab isroillik bilan birga bosib olingan G‘arbiy Sohilning al - Xalil shahrida joylashgan Ibrohim jome’ masjidiga masjidiga bostirib kirdi.
Isroilning 14 - kanal televideniyesi Ben - Gvirning Ibrohim jome’ masjidini bostirib kirishi aks etgan videotasvirlarni namoyish etdi.
Al - Xalil shahrida Falastin hududlarini bosib olgan isroilliklardan biri bo‘lgan Ben - Gvir, bostirib kirish vaqtida kameralarga bergan bayonotida: «Ibrohim jome’ masjidiga yetib kelganimda, meni hayajonga soladigan va qo‘shiq aytishga undaydigan bir energiyaga to‘laman», - dedi.
Ben - Gvir bayonot berayotgan paytda uning ortida bostirib kirishda qatnashgan isroillik fanatik guruh ham turardi.
Boshqa tomondan, Isroil rasmiylari tomonidan berilgan bayonotda yahudiy bayramlari munosabati bilan bosib olingan G‘arbiy Sohilning Al - Xalil shahrida joylashgan Ibrohim masjidi musulmonlarning kirishi uchun yopilgani ma’lum qilindi.
Bu borada bayonot bergan Falastin Diniy ishlar vazirligi mazkur yopilish qarori doirasida azon aytishga ham taqiq qo‘yilganini qayd etib, Ibrohim jome’ masjidiga «majburiy ravishda joriy etilayotgan bo‘linish» xavf tug‘dirayotganini ta’kidladi.
Vazirlik, shuningdek, Ibrohim jome’ masjidi to‘liq islomiy vaqf maqomiga ega ekanini ta’kidladi.


























