IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Turk Qiziloyi G‘azoga yordam berish ishlarini davom ettirmoqda
Turk Qizil yarim oy jamiyati qariyb 25 ming kishilik oziq - ovqat yordamini G'azodagi muhtoj insonlarga yetkazib berdi.
Turk Qiziloyi G‘azoga yordam berish ishlarini davom ettirmoqda
_
 

Turk Qizil yarim oy jamiyatining ma’lum qilishicha G‘azoda davom etayotgan gumanitar inqiroz oqibatlarini yumshatish maqsadida yordam ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda.

Yordam tarqatish ishlari doirasida qariyb 25 ming kishiga mo‘ljallangan oziq - ovqat yordami hududdagi yordamga muhtoj aholiga yetkazib berildi.

Shu doirada G‘azodagi ofisini qayta ishga tushirgan Turk Qizil yarim oy jamiyati mahalliy ehtiyojlarni aniqlash va vaziyatni yaxshilash ishlarini yanada samarali amalga oshirmoqda. Tashkilot xayriya qiluvchilar ko‘magida xarid qilingan 5 ming 300 ta oziq - ovqat qutisini G‘azoning turli hududlaridagi muhtoj aholiga tarqatdi.

G‘azoda toza ichimlik suviga bo‘lgan imkoniyatni kengaytirish va gigiyena sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlarini davom ettirayotgan Turk Qizil yarim oyi har kuni 150 tonna ichimlik suvi tarqatish orqali kamida 15 ming kishining toza suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirmoqda. Shuningdek, oshxonalar orqali kuniga 30 ming kishini issiq ovqat bilan ta’minlamoqda.

Turk Qiziloyi mintaqaga qilingan hujumlar oqibatida tana a’zolaridan ayrilgan insonlarni qo‘llab - quvvatlash maqsadida «Protez - Ortez» loyihasini boshladi. G‘azodagi shifoxonalar va reabilitatsiya markazlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida yordam oluvchilar zarur o‘lchov va baholash ishlari o‘tkazilganidan so‘ng, o‘zlari uchun tayyorlangan protez vositalariga ega bo‘lmoqda.

Turk Qiziloyi urushdan jabr ko‘rgan g‘azolik bolalar uchun ham «G‘azo — Quvnoq bolalar» loyihasini davom ettirmoqda. Loyiha doirasida Qiziloy jamoalari bolalar uchun tashkil etilayotgan o‘yinlar va tomoshalar davomida ularga turli yeguliklar tarqatmoqda.