Eron: Isroil va AQSh bilan bog‘liq 500 nishonga zarba berildi
Eron Inqiloviy gvarsiyasi keskin tus olayotgan urushda Isroil va AQSh bilan bog‘liq 500 nishonga zarba berilganini ma'lum qildi.
Eron Inqilobiy gvardiyasi a’zolari to‘qnashuvlarning uchinchi kunida bayonot berdi va unda Eronning javob tariqasida bergan zarbalari hozirga qadar Yaqin Sharqda Isroil va AQSh bilan bog‘liq 500 ta nishonni urganini ma’lum qildi.
Inqilobiy gvardiya dushanba kuni (02.03.2026) bergan bayonotida mavzu haqida shunday dedi: «To‘qnashuv boshlanganidan buyon Eron Qurolli kuchlarining jasur askarlari 60 ta strategik nishon bilan Amerika harbiylariga oid 500 nuqta va Sionist rejim (Isroil)ga tegishli obyektlarga zarba berdi» - dedi.
Bayonotda yana 700 dan ortiq insonsiz havo transporti va yuzlab raketaga zarba berilgani qayd etildi.
Tehron 28 - fevral kuni boshlangan va diniy lider Ali Hamaneyning o‘limiga yo‘l ochgan hamda boshqa nishonlarga zarba bergan AQSh va Isroilning qo‘shma hujumlariga javoban ko‘plab ballistik raketalar va dronlarni uchirdi.
Eronning ayrim hujumlari to‘g‘ridan - to‘g‘ri Isroilni nishonga oldi va (Beat Shamash hamda Quddus yaqinidagi hodisalar jumlasidan) unda kamida 11 kishi halok bo‘ldi, ko‘pchilik tan jarohati oldi.
Eron, shuningdek, mintaqadagi AQSh harbiy o‘rni va bazalariga ham zarba berdi. Unda, AQSh harbiylaridan 6 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab askar esa yaralandi.
AQSh kuchlariga mezbonlik qilayotgan Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Qatar, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va Ummon kabi Fors ko‘rfazi davlatlari ham Eronning harbiy va harbiy bo‘lmagan infratuzilma obyektlarini nishonga olgan bevosita raketa va dron hujumlariga duch keldi.
CNN telekanali AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM)ning dushanba kungi (02.03.2026) bayonotiga tayanib xabar berishicha, AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi uyushtirilgan qo‘shma harbiy amaliyoti boshlanganidan beri amerikalik 18 askar og‘ir jarohat oldi.
Kapitan Tim Xokinsning bayonoti Eronning ilk javob tariqasidagi zarbalari vaqtida olgan jarohatlari sabab vafot etgan yana bir askarning o‘limi tasdiqlanganidan keyin e’lon qilindi.
Qizil Xoch ma’lumotiga ko‘ra AQSh va Isroilning Eronning 131 tumaniga qarshi uyushtirgan qo‘shma hujumlari natijasida hozirga qadar kamida 555 kishi halok bo‘lgan.
Eng qonli hodisa Eronning janubi - sharqidagi Minob shahrida yuz berdi: qizlar boshlang‘ich maktabiga qarshi uyushtirilgan hujum oqibatida 180 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi.