IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Saudiya Arabistoni Yamanning iqtisodiy inqirozini yengillashtirmoqchi
Saudiya Arabistoni Yamanning iqtisodiy inqirozni yengishiga yordam bermoqchi va hatto buning uchun 368 million dollar mablagʻ ajratib berishga va'da berdi.
Saudiya Arabistoni Yamanning iqtisodiy inqirozini yengillashtirmoqchi
21 сентябр 2025

Saudiya Arabistoni Yamandagi iqtisodiy inqirozni yengillashtirish maqsadida Yamanning prezidentlik apparati Rahbarlik kengashi raisi Rashad al - Alimiy boshchiligidagi hukumatga qariyb 368 million dollar iqtisodiy yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi.

Saudiya Arabistoni Tashqi Ishlar vazirligi shanba kuni Yaman Taraqqiyot va qayta tiklanish dasturi doirasida qariyb 368 million dollar yangi iqtisodiy rivojlanish yordami ajratib berishini bildirdi.

Vazirlik Yamanda yomonlashib borayotgan iqtisodiy sharoitga e’tibor qaratgan holda mazkur qarorning qirol Salmon bin Abdulazizning ko‘rsatmasi va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning tavsiyasi asosida qabul qilinganini bildirdi.

Yordam al - Alimiy chaqirigʻiga javob tariqasida berilar ekan Saudiya Arabistonining Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumatini qo‘llab - quvvatlashining bir qismini tashkil etmoqda.

Ajratilgan mablag‘lar sog‘liqni saqlash, hukumat byudjeti va yoqilg‘i ta’minoti kabi asosiy sohalarga yo‘naltiriladi. Bu esa mamlakatda muhim xizmatlarni barqarorlashtirishga yordam beradi.

Yaman o‘n yildan ortiq vaqtdan beri mojarolar girdobidadir. 2014 - yilning sentabr oyidan buyon Husiylar poytaxt Sana va mamlakatning ayrim qismlarini nazorat qilib kelmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yamanning 30 million nafarlik aholisi orasida 22 milliondan ortiq kishi insonparvarlik yordami va himoyaga muhtoj ekani taxmin qilinmoqda.

Toza suv, oziq - ovqat, dori - darmon va tibbiy vositalarning keng tarqalgan tanqisligi holeradan tortib boshqa yuqumli kasalliklarning ham avj olishiga yoʻl ochmoqda. Eng yomoni bu holat tinch aholi azob - uqubatini yanada kuchaytirmoqda.

 

Boxabar bo'ling!
Pokiston Torkham chegara darvozasini takror ochdi
O‘mer Bo‘lat: Turkiya – Suriya tranzit yo‘lagi kelasi yili ochiladi
Yevropa Ittifoqi 2028-yilgacha Rossiyadan gaz importini to‘xtatish rejasi bo'yicha kelishib oldi
Germaniya yana 15 ta F - 35 xarid qilib olmoqchi
Oltin narxi yangi tarixiy rekordni qayd etdi
Eron Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan hamkorlikni toʻxtatishini bildirdi
Turkiyaning «Hurjet» samolyoti bu yilgi TEKNOFEST da ko‘z qamashtirmoqda
Xitoy Rossiyaning Gazprom kompaniyasiga AAA reytingini berdi
Turkiya «Altay» tankini seriyaviy ishlab chiqarish ishlarini boshlamoqda
Turkiya Zangazur yo‘lagiga ulab strategik temir yo‘li qurish ishlariga kirishdi
Turkiyada elektr transport vositalari  soni bir yil ichida ikki barobardan ko‘proqqa oshdi
Mask: xAI Apple kompaniyasini ilovalarga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lgani uchun sudga beradi
Germaniya Isroilga nisbatan yo‘lga qo‘ygan harbiy eksportini to‘xtatdi
Isroil Gʻazoga xususiy sektor tovarlari olib kirilishiga yordam berishini iddao etmoqda
Turkiya Ozarbayjondan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish ishlarini boshlaydi
Hindiston AQShga smartfon eksport qilish bo‘yicha yetakchi davlatga aylandi
Yevropa Ittifoqi va AQSh o'rtasidagi savdo kelishuvi vaqtinchalik barqarorlik keltiradi
Turkiya IDEF -2025 ko‘rgazmasida GAZAP va NEB - 2 bombasini namoyish etdi
Suriya bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida investitsiya forumi oʻz ishini boshladi
Turkiya IDEF - 2025 doirasida Malayziya bilan taktik avtomobil shartnomasi imzolaydi