DUNYO
2 daqiqa o'qish
AQShning Erondan 2 - 3 hafta ichida chiqib ketishi qayd etildi
Donald Tramp, AQSh kuchlari Erondan 2 - 3 hafta ichida chiqib ketishini ma'lum qildi.
AQShning Erondan 2 - 3 hafta ichida chiqib ketishi qayd etildi
_
1 апрел 2026

Donald Tramp amerikalik kuchlar Erondan ikki - uch hafta ichida chiqib ketishini ifoda etar ekan, bu holat, Eronni nishonga olgan hujumlar yakunlanishi mumkinligiga ishora qildi.

Tramp Oq uyda jurnalistlarga bergan bayonotida: “Qilishim kerak bo‘lgan yagona ish — Eronni tark etish va biz buni juda tez kunlarda amalga oshiramiz” - dedi.

U chiqib ketish balki ikki, balki uch hafta ichida bo‘lishi mumkiligini ta’kidlab: “Biz juda tez orada chiqib ketamiz” - deya qo‘shimcha qildi.

AQSh prezidenti ma’muriyati Eronning yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olish maqsadi allaqachon amalga oshirilganini bildirib: “Ularning yadro quroli bo‘lmaydi. Bu maqsad bajarildi” - dedi.

Tramp, shuningdek, AQSh hujumlari Eronning harbiy salohiyatini sezilarli darajada zaiflashtirgani va Tehron uni qayta tiklashi uchun “15 – 20 yil” kerak bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. U mavzu haqida shuningdek: “Biz juda tez orada chiqib ketamiz va agar Fransiya yoki boshqa davlat neft yoki gaz sotib olmoqchi bo‘lsa, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. Ular o‘zlari buning uddasidan chiqa oladi. Aslida bu juda xavfsiz bo‘ladi, deb o‘ylayman, ammo buning bizga aloqasi yo‘q” - degan ifodalarga ovrin berdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan ısroil 28 - fevraldan beri Eronga qarshi havo hujumlari uyushtirib kelmoqda; bu hujumlarda 1 ming 340 nafardan ortiq inson halok boldi.

Eron esa bunga javob tariqasida Isroilga va AQSh harbiy bazalariga joy bergan Iordaniya, Iroq va Ko‘rfaz davlatlariga qarshi dron va raketa hujumlari uyushtirdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra urush boshlanganidan buyon kamida 13 nafar AQSh askari halok bo‘lgan.

Mojarolar energiya narxlarining oshishiga sabab bo‘lar ekan ayni vaqtda global neft tashishning muhim qismi o‘tadigan strategik yo‘l — Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz transportida uzilishlarga olib keldi.