Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya kechasi bilan 135 ta insonsiz havo transporti orqali hujum uyushtirgani va natijada koʻplab mintaqalardagi energetika infratuzilmasi nishonga olingani va Dnepr mintaqasida kamida sakkiz kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.
Zelenskiy payshanba kuni (06.11.2025) Telegram orqali mavzu haqida bergan bayonotida shunday dedi: «Ukraina uchun yana notinch bir kecha boʻldi. Ruslar shaharlarimizga 135 ta insonsiz havo transporti orqali hujum qildi. Kamianske shahriga qarshi uyushtirilgan bir hujumda sakkiz kishi yaralandi, turar joylar va temir yoʻl infratuzilmasi ziyon koʻrdi».
Shu bilan birga Ukraina Mudofaa vazirligi oʻzining havo mudofaasi boʻlinmalari Kursk, Orel va Primorsko - Akhtarsk kabi Rossiya mintaqalaridan uchirilgan 108 ta insonsiz havo transportini foydalanishdan chiqarganini ma’lum qildi.
Vazirlik mavzu haqidagi bayonotida shunimgdek; oʻzining havo mudofaa boʻlinmalari mamlakatning shimoli, janubi va sharqida dushmanga oid 108 ta insonsiz havo transportini urib tushirgani va 27 ta insonsiz havo transporti 13 xil joyga zarba berganini oʻz soʻziga ilova etdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi oʻzining havo mudofaa tizimlari Volgograd, Qrim, Voronej va Rostov kabi turli mintaqalarda 75 ta Ukraina insonsiz havo transportini ushlagani va yoʻq qilganini bilirdi.
Volgograd viloyati gubernatori Andrey Bocharovning aytishicha, insonsiz havo transporti turar - joyga urilganidan keyin bir kishi parchalanib ketgan.
«Terroristik insonsiz havo transporti hujumi natijasida balkonlar shikastlangan va derazalar singan. Bir tinch aholi halok boʻlgan», - dedi Bocharov. Yana yomon tomoni shundaki, vayronalar sanoat zonasida yongʻinga yoʻl ochgan.













