Rossiya tomonidan uyushtirilgan havo hujumlari Sharqiy Ukrainaning ayrim hududlarida elektr ta’minoti uzilishiga yo‘l ochdi. Natijada minglab inson elektr eneriyasiz, sovuq shartlarga ma’ruz qoldi. Ukraina rasmiylari havo haroratining noldan pastga tushishi bilan bu holat aholi uchun yana - da katta qiyinchiliklar tug‘dirayotganini bildirdi.
Ukrainaning davlat energetika operatori Ukrenergo keng ko‘lamli insonsiz havo hujumi bir nechta hududlarda energiya infratuzilmasini nishonga olganini ma’lum qildi.
Kompaniya yarim tunga yaqin bergan bayonotida: «Dushman bir nechta hududdagi energetika infratuzilmasiga qarshi yirik insonsiz havo transportlari orqali hujum qildi.
Natijada Dnipropetrovsk va Zaporojya viloyatlarida, viloyat markazlari ham doxil iste’molchilarning ko‘pchiligi elektr ta’minotisiz qoldi», - dedi.
Hudud harbiy ma’muriyati rahbari Vladyslav Gayvanenkoning aytishicha, hujumlar Dnipropetrovsk viloyatidagi muhim infratuzilmani vayron qilgan.
Gayvanenko mavzu haqida Telegram orqali: «Vaziyat og‘ir. Biroq xavfsizlik sharoiti imkon bergan zahoti energetika xodimlari tiklash ishlarini boshlaydi», — degan ifodalarga o‘rin berdi.
Zaporijjya viloyati gubernatori Ivan Fedorov esa: «Elektr energiyasi muhim obyektlarga qayta uzatildi ammo ko‘plab xonadon haligacha elektrsiz», — dedi.
U shuningdek: «Barcha iste’molchilarni imkon qadar tezroq elektr bilan ta’minlash uchun kecha - yu kunduz ishlayapmiz, suv ta’minoti esa asosan tiklandi», - deya gapirdi.
Kiyev va uning ittifoqchilari tinch infratuzilmaning sovuq oylar davomida nishonga olinishi, aholini holdan toydirishni ko‘zlaganini ta’kidlamoqda.













