IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Turkiya - Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi savdo hajmi 10 milliard dollarga yetishi kutilmoqda
Saudiya Arabistoni – Turkiya Investitsiya forumi ochildi va ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 10 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
Turkiya - Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi savdo hajmi 10 milliard dollarga yetishi kutilmoqda
_
14 соат олдин

Saudiya rasmiylari seshanba kuni (03.02.2026) ar - Riyod shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoganning rejalashtirilgan tashrifi arafasida Saudiya Arabistoni – Turkiya Investitsiya forumi ochilganini ma’lum qildi.

Saudiya Arabistoni Investitsiyalar vaziri Xalid bin Abdulaziz al - Falih forumning ochilish marosimida so‘zga chiqib, Saudiya Arabistoni seshanba kuni (03.02.2026) Prezident Erdo‘g‘anni rasmiy tashrif doirasida kutib olishini qayd etdi.

Abdulaziz al - Falih mazkur tashrif ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuqori hamkorlik darajasiga ko‘tarishni ko‘zlaganini ta’kidlab, har ikki tomon ham kuchli aloqalardan yanada chuqur strategik munosabatlarga o‘tish payida ekanini ifoda etdi.

U, shuningdek, forumda Saudiya Arabistoni bilan savdo, iqtisodiyot va investitsiya aloqalarini kengaytirishni istagan 200 dan ortiq kompaniyadan tashkil topgan turk ishbilarmonlari delegatsiyasi bilan turk kompaniyalarining turli mintaqaviy ofislari ishtirok etayotganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra Turkiyaning kuchli ishtiroki ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikning chuqurligini aks ettirmoqda va iqtisodiy hamkorlik bilan xususiy sektorning muhim rolini yaqqol namoyon etmoqda.

Ikki tomonlama savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazish maqsadi

Forumda so‘zga chiqqan Turkiya Savdo vaziri Omer Bolat Turkiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi qisqa muddatda 10 milliard dollarga yetishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Turk vazir O‘mer Bo‘lat Prezident Erdoganning tashrifi vazirliklar va ishbilarmonlar o‘rtasida ko‘plab kelishuvlarning imzolanishiga olib kelishini bildirdi.

Bolat bu kelishuvlar Turkiya – Saudiya Arabistoni munosabatlarini ancha yuqori bosqichga olib chiqishi va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashini ta’kidladi.

Savdo vaziri har ikki mamlakat yetakchilari qisqa muddatda 10 milliard dollarlik va uzoq muddatda esa 30 milliard dollarlik savdo maqsadini belgilaganini qayd etib, “Umid qilamanki, 2026 - yil 10 milliard dollarlik maqsadimizga erishgan yil bo‘ladi”, - dedi.

Bolat, shuningdek, hozirda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 8,6 milliard dollardan oshganini yodga soldi.