Venesuela Ichki ishlar vazirligi AQShning Venesuelaga uyushtirgan hujumida kamida 100 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
TeleSUR telekanaliga ko‘ra, Ichki ishlar vaziri Diosdado Kabello chorshanba kuni bergan bayonotida shanba kuni bo‘lib o‘tgan hujum vaqtida Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores jarohatlanganini aytdi.
Kabello Maduro, uning rafiqasi hamda AQShning harbiy amaliyoti chog‘ida halok bo‘lganlarni olqishlab, ularning xizmatlarini e’tirof etdi.
Venesuela armiyasi ham chorshanba kuni mamlakat poytaxtida hujum paytida halok bo‘lgan o‘nlab harbiylarni tuproqqa topshirish uchun ommaviy dafn marosimi o‘tkazdi.
Kabello davlat televideniyesiga bergan bayonotida shunday dedi: “Venesuela tarix va merosga ega bo‘lgan millat bo‘lgani uchun taslim bo‘lmaydi. Endi butun dunyo Nikolas Maduroning urush asiri ekanini va AQSh xalqaro kelishuvlarning barcha me’yorlarini buzganini bilmoqda.”
Amerika kuchlari mamlakatning shimolidagi nishonlarni havo zarbalari bilan urgan, maxsus operatsiyalar kuchlari esa Maduro va Floresni o‘g‘irlab AQShga olib ketish maqsadida Karakasda reyd o‘tkazgan.
Giyohvandlik va qurolga oid ayblovlar bo‘yicha Nyu-Yorkdagi sudda ilk eshituvlarida qatnashgan Maduro va Flores o‘zlarini aybsiz deb e’lon qildi.
DUNYO
1 daqiqa o'qish
Venesuela Ichki ishlar vazirligi: AQSh hujumlarida kamida 100 kishi halok bo‘ldi
Venesuela armiyasi ham hujum chog‘ida halok bo‘lgan o‘nlab harbiylarni dafn etish uchun mamlakat poytaxtida ommaviy dafn marosimi o‘tkazdi.

Boxabar bo'ling!











