AQSh – Isroil va Eron urushi yuzasidan ko‘plab AQSh fuqarosi Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi
AQSh – Isroil va Eron o‘rtasidagi vaziyat yuzasidan Yaqin Sharqdan 36 ming nafardan ortiq Amerika fuqarosi xavfsiz ravishda o‘z yurtiga qaytdi.
AQSh Davlat Departamenti joriy yilning 28 - fevralidan buyon AQSh – Isroil va Eron o‘rtasidagi vaziyat yuzasidan Yaqin Sharqdan 36 ming nafardan ortiq Amerika fuqarosi xavfsiz ravishda o‘z yurtiga qaytganini ma’lum qildi.
Mavzu haqida Konsullik ishlari bo‘yicha Davlat kotibi yordamchisi Dylan Johnson tomonidan berilgan bayonotida, yuqorida nomi tilga olingan departament o‘ndan ortiq charter - reyslar orqali qatnov yo‘lga qo‘ygani va mintaqadan minglab amerikalik evakuatsiya qilinganini ifoda etdi.
Mintaqa bo‘ylab tijoriy qatnov imkonlari yaxshilanishiga qaramay departament charter - reyslar va quruqlik transporti imkoniyatlari davom etayotganini bildirdi.
Johnson bir necha Amerika fuqarosi tijoriy qatnovlar orqali mintaqadan ketayotganini ifoda etgan holda: «Departamentning charter imkoniyatlaridagi joylar mintaqadagi amerikaliklar talabidan ancha ko‘p», - dedi.
Departament Ummon, Quvayt, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Saudiya Arabistoni va Isroilda bo‘lgan va mintaqadan chiqishda yordamga muhtoj AQSh fuqarolarini inqirozga oid ma’lumot formasini to‘ldirishga chaqirdi.
Bu xabar 28 - fevralda AQSh bilan Isroilning Eronga qarshi urush boshlatishi ortidan e’lon qilindi. Bu urush Eronda hozirgacha 1 ming 300 nafardan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi. Ular orasida mamlakatning diniy lideri Ali Hamaney, 150 nafardan ortiq maktab qizlari va oliy darajali harbiylar ham bor.
Eron esa AQSh bilan Isroilga javob tariqasida mintaqadagi AQSh bazalari, diplomatik muassasalar va harbiy xodimlar hamda Isroilni nishonga olgan havo bombardimonlari uyushtirdi.
Nomi tilga olingan hujumlarda kamida yetti nafar AQSh harbiy xizmatchisi halok bo'ldi.