12 соат олдин
Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra Texas shtatining Port - Artur shahridagi Valero neftni qayta ishlash zavodida portlash yuz berdi va uning ortidan katta yong‘in kelib chiqdi.
Voqea joyiga yetib kelgan favqulodda xizmat xodimlari sabab Port - Artur shahrining g‘arbiy qismi uchun uydan chiqmaslik talab qilindi.
Portlash ortidan osmonni qalin qora tutun va olovlar qopladi. Tasvirlarda voqea joyida katta yong‘in yuz berganini ko‘rish mumkin.
Mazkur zavod kuniga 335 ming barreldan ortiq quvvatga ega bo‘lib, AQShdagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri hisoblanadi.
Voqea joyiga tezkor xizmatlar yuborildi va hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.
Portlash sababi hozircha noma’lum.
















