Binyamin Netanyaxu yakshanba kuni (07.12.2025), mamlakat armiyasining Suriya janubida egallab olgan hududlardan chiqmasligini bildirdi.
Isroil elchilari, missiya rahbarlari va Tashqi Ishlar vazirligi rasmiylari ishtirok etgan konferensiyada nutq so‘zlagan Netanyaxu, 2024 - yilning 8 - dekabri kuni Suriyadagi Baas rejimining qulashi ortidan egallab olingan hududlardan Isroil chiqib ketmasligini yana bir bor ta’kidladi.
Netanyaxu 1967 - yildan beri nazorat ostida ushlab turgan Go‘lan tepaliklariga tutash tampon hudud va Jabal ash - Shayh (Harmon tog‘i) ni nazarda tutgan holda: “Biz bu hududlardagi o‘rnimizni saqlab qolishni istaymiz”, - dedi. Shuningdek, Suriya janubining qurolsizlantirilishi borasida Damashq bilan kelishuvga erishilishidan umidvor ekanini qayd etdi.
1974 - yildagi Kuchlarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuv
O‘tgan 2024 - yilning 27 - noyabri kuni to‘qnashuvlar avj olar ekan, 8 - dekabr kuni 61 yillik Baas rejimi quladi. Ko‘p o‘tmay Isroilning Suriya bo‘yicha harbiy hujumlari kuchaya boshladi.
Isroil, rejim kuchlari ortda qoldirgan harbiy infratuzilmani yo‘q qila boshladi va Suriyaga oid Go‘lan tepaligidagi ishg‘olini kengaytirdi.
Isroil kuchlari Go‘lan tepaligi yaqinidagi tampon zonaga kirib borar ekan, ishg‘olni yana - da kengaytirish orqali Damashqdan atigi 25 kilometrlik (15,5 mil) masofaga yaqinlashdi.
Isroil Suriyaga tegishli Go‘lan tepaliklarini 1967 - yildan beri egallab olgan. Isroil bilan Suriya o‘rtasida 1974 - yili imzolangan Kuchlarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuv, tampon va qurolsizlantirilgan hududlarning chegaralarini belgilab bergan.
Suriya Tashqi Ishlar vaziri Asad ash - Shaboniy ilgari Isroil, Suriya hududlaridan chiqib ketmagunga qadar Isroil bilan hech qanday kelishuv tuzilmasligini ta’kidlagan edi.













