G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroil G‘azoda yana bir bor otashkesim kelishuvini buzdi
Isroil, G‘azoda, oktabr oyida kuchga kirgan otashkesim kelishuvini yana bir bor buzdi.
Isroil G‘azoda yana bir bor otashkesim kelishuvini buzdi
_
14 январ 2026

Harbiy manbalarga ko‘ra Isroil armiyasi G‘azo janubida joylashgan Rafoh shahrida falastinlik ikki kishini o‘ldirib, oktabr oyida kuchga kirgan otashkesim kelishuvini yana bir bor buzdi.

Isroil armiyasi Rafohning g‘arbiy qismiga tanklar yuborgani, u yerda o‘q uzib, havo hujumlari uyushtirganini ma’lum qildi.

Ibroniy tilida chop etiladigan Israel Hayom gazetasi to‘qnashuvlar chog‘ida ikki nafar isroil askari yengil tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Falastin qarshilik harakati — Hamas, Isroil hujumlarini sulh kelishuvining «ochiq - oydin buzilishi» sifatida qoraladi.

Hamas, shuningdek, o‘rtamchi va kafil davlatlardan «takrorlanayotgan Isroil qoidabuzarliklarini» qoralashni talab qilar ekan, Binyamin Netanyahuni «soxta va uydirma bahonalar bilan» hujumlarni boshqarishda aybladi.

Bundan tashqari, Hamas Isroilga bosim o‘tkazilib; bu qoidabuzarliklar to‘xtatilishi, otashkesim kelishuviga rioya qilinishi, Rafoh chegara darvozasining har ikki tomoni ham qayta ochilishi, gumanitar yordam va boshpana materiallarining kirishiga ruxsat berilishi ham da kelishuvning ikkinchi bosqichiga zudlik bilan o‘tilishi kerakligini talab qildi.

Otashkesim bo‘yicha muzokaralar

Shu bilan birga Hamas delegatsiyasi otashkesim kelishuvining keyingi bosqichi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Misr poytaxti Qohiraga ketdi.

Mavzu haqida Hamas tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra delegatsiyaga G‘azodagi harakat lideri Xalil al - Hayya rahbarlik qilmoqda.

Bayonotda muzokaralarda otashkesim qoidalariga to‘liq amal qilinishi masalasi kun tartibiga olib chiqilishi, birinchi bosqichda amal qilinmagan yoki bajarilmay qolgan bandlar ham da G‘azo bilan Misr o‘rtasidagi Rafoh chegara punkti har ikki tomonga ham qayta ochilishi kerakligi muhokama qilinishi ta’kidlandi.

Hamas, shuningdek, ma’muriy qo‘mita tuzish; Isroilning G‘azodan to‘liq chiqib ketishi kabi masalalarni o‘z ichiga olgan holda kelishuvning ikkinchi bosqichiga o‘tishni tezlashtirish ham muhokama qilinishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Isroil, 2023 - yilning oktabr oyidan beri qamal ostidagi hududga qarshi olib borgan vayronkor hujumlari natijasida ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat 71 ming 400 nafardan ortiq falastinlik umriga zomin bo‘ldi, 171 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati oldi. Qamal ostidagi hududning yirik qismini vayronaga aylantirgan Isroil, butun aholining ham majburiy ko‘chirilishiga sabab bo‘ldi.