Germaniya kansleri Friedrich Merz Anqaraga bo‘lgan rasmiy tashrifi davomida Germaniyaning Turkiya bilan bo‘lgan hamkorligini mustahkamlashga va’da berdi. Bundan tashqari, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning o‘ziga xosligini ta’kidladi.
«Turkiya bilan Germaniya; tashqi va xavfsizlik sohasidagi siyosati, shuningdek, migratsiya, energetika va savdo sohalarida maxsus va xilma - xil aloqalarga ega», - degan Merz bugun (30.10.2025) Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan rejalashtirilgan uchrashuvi oldidan ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.
Germaniyalik mehmon tashrifi davomida yangi geosiyosiy chaqiriqlarga javob tariqasida «strategik hamkorliklarni rivojlantirish»ga sodiqligini ham ta’kidladi.
«Biz yangi geosiyosiy bosqichga kiryapmiz. Shu sababli, strategik hamkorliklarimizni kengaytirishimiz kerak», - degan ifodalarga o‘rin bergan Merz: «Men yaqin hamkorligimizni yana - da kengaytirishni istayman. Shu bois Anqarada Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan uchrashyapman», - dedi.
Joriy yilning may oyida yangi Germaniya koalitsion hukumatini shakllantirgan kansler, bugun Anqaraga o‘zining ilk rasmiy tashrifini uyushtirmoqda.
Kun tartibida Ukraina va mudofaa masalasi mavjud
Tashrif davomida, asosan Ukraina urushi va Yaqin Sharqdagi tinchlik tashabbuslari kun tartibida bo‘lishi kutilmoqda. Turkiya mintaqada muhim o‘rtamchidir. Uchrashuvlarda migratsiya va mudofaa sohasidagi hamkorlik kabi muhim mavzular ham qo‘lga olinishi mumkin.
Mudofaa sohasida bu hafta boshida e’tiborlarni o‘ziga jalb etgan bir voqea yuz bergandi. Shunga ko‘ra dushanba kuni (27.10.2025) Turkiyaga Eurofighter qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Mazkur samolyotlar Buyuk Britaniyada Germaniya, Italiya va Ispaniya ishtirokidagi qo‘shma dastur asosida ishlab chiqariladi. Shu sababli, eksport amalga oshirilishi uchun yuqorida nomi tilga olingan to‘rt davlatning roziligi talab qilinadi.
Germaniya, Merzning tashrifini muhim deb hisoblaydi. Uning matbuot xizmati kotibi bu tashrifni mantaqadagi va dunyodagi asosiy masalalar ustidan olib boriluvchi muloqot va hamkorlikni mustahkamlash imkoni sifatida baholadi.
Hukumat Matbuot xizmati kotibi o‘rinbosari Steffen Meyer poytaxt Berlinda bergan bayonotida: «Turkiya nafaqat NATO ittifoqchisi sifatida, balki xalqaro siyosiy masalalarda ham ko‘plab muloqot hamkori sifatida muhim rol o‘ynamoqda», - dedi.












