O‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan otashkesim kelishuviga qaramay Isroil tomonidan shanba kuni (21.02.2026) G‘azoning turli hududlariga qarshi hujum uyushtirildi va oqibatida falastinlik ikki kishi halok bo‘lar ekan, besh kishi tan jarohati oldi.
Tibbiy manbalar Anado‘lu axborot agentligiga (AA) ma’lum qilishicha, G‘azo shimolidagi Jabaliya hududiga qarshi Isroilga oid insonsiz havo transporti orqali bomba tashlangan. Natijada, falastinlik bir keksa halok bo‘lgan.
Manbalarga ko‘ra, xuddi shu voqeadan biroz oldin G‘azo janubidagi Xon Yunusning janubida joylashgan Kizan an - Najjar hududiga qarshi uyushtirilgan Isroil hujumida 46 yoshli falastinlik bir kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Tibbiy manbalar, shuningdek, G‘azo shahrining sharqidagi Shujaiyya mahallasida falastinlik 23 yoshli bir yosh qizcha Isroilga qarashli insonsiz havo transporti orqali uyushtirilgan hujum oqibatida bo‘ynidan yaralanganini bildirdi.
Avvalroq esa Shujaiyyada Umar al - Muxtor ko‘chasining sharqida Isroil askarlari ochgan o‘q natijasida falastinlik uch kishi yaralangani, ulardan birining ahvoli og‘ir ekani qayd etilgan.
Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, G‘azo shimolidagi Jabaliya al - Balad hududida ham falastinlik bir kishi Isroil askarlari o‘qi oqibatida ko‘kragi va qo‘lidan yaralangan.
Hujumlar otashkesim kelishuvida belgilangan Isroil harbiy ishg‘oli va joylashuvi hududlaridan tashqarida sodir bo‘lgani ta’kidlandi.
AQSh o‘rtamchiligida, G‘azoda, o‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan otashkesim Isroil tomonidan 2023 - yilning oktabridan beri davom etgan hujumlarni to‘xtatgandek edi ammo afsuski ko‘p o‘tmay Isroil qoidalarni buza boshladi. Shu doirada Isroil, o‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabridan beri falastinlik yana 612 kishi umriga, 1 ming 640 kishining esa sog‘ligiga ziyon yetkazdi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil tomonidan 2023 - yilning oktabr oyidan 2025 - yilning oktabr oyigacha esa 72 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi, 171 ming nafardan ortiq inson esa jarohat oldi. Halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi ayollar va yosh bolalardan iborat.
Bu haqida G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot bo‘lishdi.







