DUNYO
1 daqiqa o'qish
Indoneziyada fabrika yong‘inida 24 kishi halok bo‘ldi
Indoneziyaning Banten viloyatidagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fabrikada yuz bergan yong‘in ortidan qutqaruv guruhlari qulab tushish xavfi mavjud binolarda haligach bedarak yo‘qolgan qariyb 30 kishini qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
Indoneziyada fabrika yong‘inida 24 kishi halok bo‘ldi
_
 

Rasmiylar Indoneziya poytaxti Jakarta yaqinidagi Banten viloyatining Jikande hududida joylashgan PT Fonusa Agung Mulia qandolat fabrikasi binolaridan birida shanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan yong‘in sabablarini o‘rganishda davom etmoqda.

Prezident maslahatchisi Said Iqbal jurnalistlarga bergan bayonotida 24 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, dastlabki hisobotlarga ko‘ra yong‘in konditsionerdagi qisqa tutashuv natijasida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Fabrika Bosh direktori Stiven Ervin Vidjaya shanba kungi ish smenasida fabrika majmuasida taxminan 300 kishi bo‘lganini bildirdi.

Qutqaruv guruhlari vayronalar ostida qolgan bedarak yo‘qolgan 30 kishini qidirish ishlarini davom ettirmoqda.