Turkiya Asad rejimi qulashining bir yilligi munosabati bilan Suriya xalqiga tabrik yo’lladi.
Suriya xalqini "Ozodlik kuni" bilan tabriklab, 13 yillik fuqarolik urushining tugashi ortidan mamlakatning nozik o'tish davrini qo'llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Suriyaning yangi hukumati so'nggi bir yil davomida katta muammolarni yengib o'tishga harakat qilganini ma’lum qildi.
Prezident Ahmad ash-Shara boshchiligida ehtiyotkorona tashqi siyosat olib borilayotganini bildirdi.
Notinchlik, iqtisodiy vayronagarchilik va hanuz davom etayotgan gumanitar inqirozga qaramay, yangi ma'muriyat Suriyaning xalqaro hamjamiyatdagi o'rnini qayta tiklash yo'lida "barqaror qadamlar" qo'yganini aytdi - bu jarayon ko'p mintaqaviy hukumatlar uchun ziddiyatlarning qayta avj olishini oldini olish nuqtai nazaridan muhim deb hisoblanadi.
"Turkiya Suriyada barqarorlik, xavfsizlik va farovonlikni ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlarni kuchli qo'llab-quvvatlashda davom etadi", deyilgan bayonotda.
Shu bilan birga rasmiy Anqara diplomatik muloqot, chegara bo'ylab yordam mexanizmlari va qochqinlarni qaytarish bo'yicha hamkorlikka sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.
















