SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Tramp bilan Rutte Rossiya - Ukraina urushi va Eron masalasini gaplashdi
Tramp Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida Rutte bilan uchrashdi.
Tramp bilan Rutte Rossiya - Ukraina urushi va Eron masalasini gaplashdi
_
 

AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan NATO Bosh kotibi Mark Rutte Rossiya - Ukraina urushi, Erondagi to‘qnashuvlar hamda Alyans doirasida mudofaa xarajatlarini oshirish masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi.

Tramp Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida Rutte bilan uchrashdi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun yopiq tarzda o‘tkazilgan uchrashuv ortidan ikki tomon qo‘shma bayonot e’lon qildi.

Bayonotda quyidagi fikrlar bildirildi: «Uchrashuv juda samarali o‘tdi. Asosiy kun tartibidan Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi urush hamda Erondagi to‘qnashuvlar o‘rin oldi. Shuningdek, Gaaga va Anqarada bo‘lib o‘tgan sammitlarda birgalikda erishgan barcha muhim yutuqlarimiz ham muhokama qilindi».

Bayonotda Rossiyaga urushning kengayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday qasddan yoki bilmasdan sodir etiladigan harakatlardan tiyilish chaqirig‘i yangradi. Shuningdek, uchrashuvda ushbu urushga imkon qadar tezroq tinch yo‘l bilan yechim topish muhimligi ta’kidlangani qayd etildi.

Bayonotda, shuningdek, uchrashuv davomida AQShda ham, NATO doirasida ham mudofaa xarajatlarini oshirish va mudofaa sanoati infratuzilmasiga investitsiyalarni ko‘paytirishni davom ettirish muhimligi muhokama qilingani bildirildi.