G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroilning qoidabuzarliklari oqibatida falastinlik yana 2 kishi halok bo‘ldi
2023 - yilning oktabr oyidan buyon Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 74 ming 746 nafarga yetdi.
Isroilning qoidabuzarliklari oqibatida falastinlik yana 2 kishi halok bo‘ldi
_
 

Isroil armiyasining G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay insonsiz havo transportlari (IHT) yordamida qo‘l urgan hujumlari oqibatida falastinlik yana 2 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi yaralandi.

Shifo shifoxonasi manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Isroil armiyasining G‘azo shahrining shimolida IHT yordamida uyushtirgan hujumi oqibatida falastinlik 26 yoshli Ayman Ziyod Saliha halok bo‘ldi, yana 3 kishi yaralandi, ulardan birining ahvoli og‘ir.

Mahalliy manbalarning xabar berishicha Isroilning insonsiz havo transportlari (IHT) G‘azo shahrining shimoli - g‘arbidagi Andalus minorasi atrofida tinch aholi to‘plangan hududni kamida bitta raketa bilan nishonga olgan. Hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 3 kishi yaralangan.

Shuningdek, tibbiy manbalar G‘azo sektorining shimoli - g‘arbidagi Sudaniya hududi hamda Bayt Lahiya shahrida Isroil armiyasi tomonidan ochilgan o‘t natijasida falastinlik 2 kishi yaralanganini ma’lum qildi.

Isroil armiyasi G‘azo sektorida 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay hujumlarini davom ettirmoqda.

G‘azo sektoridagi Sog‘liqni Saqlash vazirligining so‘nggi bayonotiga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganidan buyon Isroil hujumlari oqibatida falastinlik 1 ming 679 kishi halok bo‘lgan, 6 100 kishi yaralangan.

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi 2023 - yilning oktabr oyidan buyon uyushtirgan hujumlari oqibatida esa jami halok bo‘lganlar soni 74 ming 746 nafarga, yaradorlar soni esa 176 ming 234 nafarga yetdi.