TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya husiylarning ar - Riyod hujumini keskin qoraladi
Turkiya husiylarning ar - Riyoddagi Moliya markaziga qarshi uyushtirgan hujumini keskin qoraladi.
Turkiya husiylarning ar - Riyod hujumini keskin qoraladi
_
 

Turkiya Yamandagi Eron tomonidan qo‘llab - quvvatlangan husiylarning Saudiya Arabistoni poytaxti ar - Riyoddagi Moliya markaziga qarshi uyushtirgan hujumini keskin qoralashini bildirdi.

Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi husiylarning Saudiya Arabistoniga qarshi hujumiga oid yozma bayonot berdi.

Bayonotda: «Husiylar tomonidan Saudiya Arabistoni poytaxti ar - Riyodda joylashgan Qirol Abdulloh moliya markaziga qarshi uyushtirilgan hujumni eng keskin tarzda qoralaymiz hamda yaralanganlar tez kunlarda sogʻayib ketishini tilaymiz», - deyiladi.

Bayonotda, shuningdek, tinch aholi obyektlarini nishonga oluvchi, mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi bunday harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish haqidagi chaqiriq yana bir bor takrorlangani ta’kidlandi.

«Husiylarning davom etayotgan hujumlari oldida Saudiya Arabistoni bilan to‘liq hamjihat ekanimizni ta’kidlaymiz hamda mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab - quvvatlashimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», — deyiladi bayonotda.

Saudiya Arabistoniga qarshi hujumlar

Yamanda husiylar 2014 - yilning sentabr oyida poytaxt Sana va mamlakatning ayrim hududlari ustidan nazoratni qo‘lga kiritganidan so‘ng mamlakatdagi inqiroz yanada chuqurlashgan edi.

Ushbu voqealardan so‘ng Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Arab koalitsiyasi 2015 - yilning mart oyidan boshlab xalqaro miqyosda tan olingan Yaman hukumatini qo‘llab - quvvatlay boshlagan edi.

2022 - yilning aprel oyida kuchga kirgan sulh tufayli mamlakatda nisbatan osoyishta davr kuzatilgan bo‘lsa - da, iyul oyidan boshlab to‘qnashuvlarning yana kuchayishi hududlardagi nazorat xaritasining o‘zgarishiga olib keldi.

Yamanda hukumat nazoratidagi hududlarga qarshi hujumlarini kuchaytirgan Eron tomonidan qo‘llab - quvvatlangan husiylar, Saudiya Arabistonini ham ballistik raketalar va insonsiz havo transportlari (IHT) yoki dronlar orqali nishonga olmoqda.