SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Rossiya: Turkiya bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz
Rossiya Bosh vazir o'rinbosari Aleksandr Novak ish safari bilan Turkiyaga keldi.
Rossiya: Turkiya bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz
_
 

Rossiya Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak Turkiya bilan uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish borasida tajribaga ega ekanliklarini ta’kidlab, o‘zaro hurmat va ishonch asosida hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya hukumati ma’lumotiga ko‘ra Aleksandr Novak Turkiyaga tashrifi doirasida Turkiya vitse - prezidenti Javdat Yilmaz hamda Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar bilan uchrashdi.

Novak ikki davlat o‘nlab yillarga mo‘ljallangan loyihalarni amalga oshirish borasida katta tajribaga ega ekanini qayd etdi.

«Bunday tashabbuslarni birgalikda yakunlashimiz munosabatlarimizga barqarorlik bag‘ishlaydi. Rossiya o‘zaro hurmat va ishonch asosida ushbu hamkorlikni rivojlantirishga tayyor», — dedi u.

Novak Rossiya va Turkiya o‘rtasida faol va konstruktiv muloqot olib borilayotganini ta’kidlab, Turkiya - Rossiya Qo‘shma iqtisodiy komissiyasining 20 - yig‘ilishida ikki tomonlama munosabatlarga oid barcha masalalar keng muhokama qilinishini bildirdi.

Uchrashuvlarda savdo - iqtisodiy aloqalar hamda energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Turkiyaga ishchi tashrif bilan kelgan Novak, shuningdek, Ko‘jaeli viloyatining Gebze Kimyo ixtisoslashgan sanoat zonasida tashkil etilgan TN Maleik neft - kimyo zavodining ochilish marosimida ishtirok etdi.