TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Xalifa Haftar Anqarada turk rasmiylar bilan uchrashdi
Xalifa Haftar Anqarada Turkiyaning oliy darajali rasmiylari bilan uchrashdi.
Xalifa Haftar Anqarada turk rasmiylar bilan uchrashdi
_
 

Liviya Milliy armiyasi Bosh qo‘mondoni, marshal Xalifa Haftar bilan Turkiya poytaxti Anqarada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Turkiya tomonidan Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar, Bosh shtab boshlig‘i Selchuk Bayraktaro‘g‘lu hamda Milliy razvedka tashkiloti (MIT) rahbari Ibrahim Kalin ishtirok etdi.

Liviya delegatsiyasi tarkibidan esa Xalifa Haftardan tashqari, Liviya Milliy armiyasi Bosh qo‘mondonining o‘rinbosari, general - leytenant Saddam Haftar, Liviya Milliy armiyasi Bosh shtab boshlig‘i Xolid Haftar hamda Liviya taraqqiyot va qayta qurish jamg‘armasi rahbari Bilqosim Haftar o‘rin oldi.