DUNYO
1 daqiqa o'qish
AQShda samolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
AQShda kichik samolyotning qulashi oqibatida 2 nafari yosh bola bo‘lgan jami 6 kishi halok bo‘ldi.
AQShda samolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
_
 

AQShning Missisipi shtatida kichik samolyotning qulashi oqibatida 2 nafari yosh bola bo‘lgan jami 6 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

AQSh Sohil xavfsizligi xizmati Matbuot kotibi Xuan Ros Missisipida Cessna 210 rusumli kichik samolyot dengizga qulaganini bildirdi.

Ros samolyot qoldiqlari topilganini ma’lum qilib, ular orasidan 8 va 10 yoshli ikki nafar yosh bola hamda to‘rt nafar katta yoshli insonning jasadi aniqlanganini qayd etdi.

Dunyo bo‘ylab parvozlar haqidagi ma’lumotlarni kuzatib boruvchi FlightAware platformasiga ko‘ra samolyot Luiziana shtatining Nyu - Orlean shahridan Florida shtatidagi Fort - Mayers shahriga uchish uchun havoga ko‘tarilgan.

AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) va Milliy transport xavfsizligi kengashi hodisa yuzasidan tergov boshladi.