Isroilning 2026 - yilgi «Eurovision» tanlovida qatnashishi e'tirozlarga yo‘l ochdi

Isroilning 2026 - yilgi «Eurovision» qo‘shiq tanlovida qatnashishiga ruxsat berilishi, dunyoning bir necha davlatining katta e'tirozlariga yo‘l ochdi.

By
_

Dunyoning ko‘plab davlati Isroilning 2026 - yilgi «Eurovision» qo‘shiq tanlovida qatnashishi tanlov obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlab, musobaqani boykot qilishlarini ma’lum qildilar.

G‘azodagi genotsid ayblovlari tufayli Isroilga qarshi keng tarqalgan norozichilik, uni tanlovdan chetlatish borasidagi chaqiriqlarni kuchaytirdi.

Mavzu haqida payshanba kuni (04.12.2025) berilgan bayonotlar, tashkilotchilar, Isroilning ishtirokiga ruxsat berishi ortidan qayd etildi.

Biroq Yevropa eshittirishlar ittifoqi (EBU) Jenevada bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ortidan, a’zolar orasida «ishonchni mustahkamlash va betaraflikni saqlash maqsadida islohotlarga ochiq qo‘llab - quvvatlash» borligini bildirdi.

Shunga qaramay, EBU bayonotidan hamon keyin, Isroilning tanlovdan chiqarilishini talab qilgan Ispaniya, Irlandiya, Sloveniya va Niderlandiyadagi davlat teleradiokompaniyalari o‘z davlatlarining kelasi yili tanlovda qatnashmasligini ma’lum qildi.

Niderlandiya

Niderlandiyaning AVROTROS teleradiokompaniyasi mamlakatning 2026 - yilgi «Eurovision» qo‘shiq tanlovini boykot qilishini bildirdi. AVROTROS mavzu haqida: «Barcha nuqtai nazarlarni hisobga olib, hozirgi sharoitda tanlovda qatnashish tashkilotimiz uchun muhim bo‘lgan jamoat qadriyatlariga zid degan xulosaga keldik», - dedi.

Irlandiya

Irlandiya, agar Isroil qatnashsa, tanlovda ishtirok etmasligini bildirdi. Irlandiyaning RTE teleradiokompaniyasi Yevropa eshittirishlar ittifoqi a’zolari tomonidan Isroilning tanlovda ishtirok etib - etmasligi ustidan olib borilgan ovoz berish ishlarini rad etdi. Ortidan, 2026 - yilgi «Eurovision» qo‘shiq tanlovida ishtirok etmasligi va uni efir orqali ham havola qilmasligini bildirdi. RTE mavzu haqidagi bayonotida, «G‘azodagi dahshatli yo‘qotishlar va gumanitar inqiroz sharoitida Irlandiyaning ishtirok etishi imkonsiz», - dedi.

Ispaniya

Ispaniyaning davlat teleradiokompaniyalari ham Isroilning tanlovda qatnashishiga ruxsat berilganiga norozichilik bildirid. Shu doirada, 2026 - yilgi «Eurovision» qo‘shiq tanlovidan chiqib ketishini e’lon qildi. RTVE bosh kotibi Alfonso Morales mavzu haqida: «O‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik jarayoniga qaramay G‘azodagi vaziyat oldida Isroilning tanlovdan siyosiy maqsadlar uchun foydalanayotgani, Eurovision qo‘shiq tanlovi kabi betaraf madaniy tadbir sifatida qolishini tobora qiyinlashtirmoqda», - dedi.

Sloveniya

Sloveniyaning RTV Sloveniya milliy teleradiokompaniyasi, mamlakatning Isroilning ishtiroki bo‘yicha ovoz berish chaqirig‘ini rad etganini bildirdi. RTV Slovenija Boshqaruv kengashi raisi Natalija Gorschak mavzu haqida: «G‘azoda halok bo‘lgan 20 ming nafar yosh bola hurmatiga, agar Isroil bo‘lsa, biz qatnashmaymiz», - dedi.

Belgiya

Belgiya Flaman nashri VRT, 2026 - yilgi «Eurovision» qo‘shiq tanlovini efirga uzatishini ma’lum qildi. Belgiyaning fransuz tilidagi eshittirish kompaniyasi RTBF esa ushbu yilgi tanlovga ishtirokchi yuborishi kutilayotgan bo‘lsa - da hozircha o‘z pozitsiyasini bildirmadi.

Islandiya

Islandiyaning milliy teleradiokompaniyalari RUV rahbarlar kengashi, Isroilning tanlovga kiritilishi munosabati bilan 2026 - yilgi «Eurovision» qo‘shiq tanlovida ishtirok etish masalasini muhokama qilishni rejalashtirayotganini bildirdi.