Isroil G‘azoda yana qoidabuzarlik qildi

Isroil G‘azoda yana qoidabuzarlik qildi va oqibatida falastinlik yana uch kishi halok bo‘lar ekan, bir kishi tan jarohati oldi.

By
_

Isroil tomonidan G‘azo janubiga qarshi uyushtirilgan so‘nggi hujumlar oqibatida falastinlik yana uch kishi halok bo‘lar ekan, bir kishi tan jarohati oldi. Tibbiy manbalarga ko‘ra, ushbu hujumlar o‘tgan yili tuzilgan otashkesim kelishuvining navbatdagi buzilishi hisoblanadi.

Manbalar dushanba kuni (12.01.2026) Anado‘lu (Anadolu) axborot agentligiga bergan bayonotida, o‘lim holatlari Isroilga oid insonsiz havo transportlarining Xon Yunus shahridagi al - Balad hududida o‘t ochishi tufayli qayd etilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, manbalarga ko‘ra Xon Yunusning al - Batin al - Samin hududida Isroil tomonidan uzilgan o‘q natijasida falastinlik bir ayol yaralangan. Manbalar har ikki hudud ham otashkesim doirasida Isroil kuchlari chekingan zonalar ichida joylashganini bildirdi.

Mazkur hujumlar Isroil armiyasining dushanba kuni ertalab (12.01.2026) G‘azoning turli hududlariga qarshi havo hujumlari uyushtirishi va o‘t ochishi ortidan sodir bo‘ldi.

Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabr oyidan beri qamal ostidagi hududga qarshi olib borgan vayronkor hujumlari natijasida ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat 71 ming 400 nafardan ortiq falastinlik umriga zomin bo‘ldi, 171 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati oldi.

Armiya, otashkesim kelishuviga qaramay hujumlarini davom ettirmoqda. Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi imzolanganidan buyon Isroil falastinlik 442 kishini o‘ldirar ekan, 1 ming 200 kishiga esa tan jarohati yetkazgan.