IQTISODIYOT
1 daqiqa o'qish
Dunyo iqtisodiyotining yuragi Palando‘ken'da uradi
Global iqtisodiyotning kelajagi, xalqaro investitsiyalar va yangi savdo imkoniyatlari bu safar Palandken’da muhokama qilinadi.
Dunyo iqtisodiyotining yuragi Palando‘ken'da uradi
_
 

II Palando‘ken Iqtisodiyot forumi 2026 - yilning 4–6-dekabr kunlari Prezident homiyligida bo‘lib o‘tadi.

Forum vazirlar, elchilar, xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali rahbarlari, global moliya dunyosi vakillari, ishbilarmonlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari hamda akademik doiralar vakillarini bir maydonda jamlaydi.

“Global noaniqlik sharoitida kapital: investitsiyalarning yangi tenglamasi” - mavzusida tashkil etiladigan forumda jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar, kapital oqimlarining yangi yo‘nalishlari, xalqaro savdo, investitsiya strategiyalari va iqtisodiy hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Forumning birinchi kuni, 4 - dekabrga o‘tar kechasi Palando‘ken cho‘qqisida mash’alalar bilan chang‘i namoyishi tashkil etilishi bilan boshlanadi. Iqtisodiyot va diplomatiyani qishki turizm bilan uyg‘unlashtiradigan tadbirning rasmiy ochilish marosimi esa 5 - dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ochilish marosimidan so‘ng dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan yuqori martabali ishtirokchilar va o‘z sohasining yetuk mutaxassislari 10 ta alohida sessiyada global iqtisodiyotning kelajagi, investitsiya imkoniyatlari va mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladilar.

Uch kun davom etadigan forum xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shish bilan birga Erzurumning turizm, savdo va investitsiya salohiyatini ham dunyoga tanitishni maqsad qilgan.

2026 - yilning so‘nggi yirik xalqaro iqtisodiy uchrashuvlaridan biriga mezbonlik qiladigan Erzurum nafaqat qishki turizm, balki iqtisodiyot va diplomatiya sohasidagi muhim uchrashuvlar bilan ham nom qozonishga tayyorlanmoqda.