Roketsan «World Defense Show (WDS) 2026» ko‘rgazmasida «EREN»ni namoyish etdi
Roketsan Saudiya Arabistonida uyushtirilgan «World Defense Show (WDS) 2026» ko‘rgazmasida yangi mahsuloti «EREN»ni namoyish etdi.
Turkiyaning Roketsan kompaniyasi yangi mahsuloti ERENni Saudiya Arabistonining ar - Riyod shahrida o‘tkazilgan World Defense Show (WDS) 2026 ko‘rgazmasida ilk bor namoyish etdi.
Turkiyaning o‘q - dori, raketa va raketa tizimlari bo‘yicha yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Roketsan, joriy yilning 8 – 12 fevrali kunlari Saudiya Arabistoni poytaxtida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada keng mahsulot portfeli bilan ishtirok etdi. Namoyish etilgan mahsulotlar orasida mini aqlli o‘q - dorilar MAM - C, MAM - L va MAM - T; havodan quruqlikka mo‘ljallangan ballistik supersonik raketa IHA-230; qisqa masofali tankka qarshi qurol Karaok, Chakir qanotli raketasi, SOM o‘q - dorisi, Sungur havo mudofaa tizimi; Hisar-O havo mudofaa raketasi va uzoq masofali havo - raketa mudofaa tizimi Siper ham o‘rin oldi.
Roketsan shuningdek Bora, TRG-230 va TRG-300 raketalaridan tashqari KMC taktik raketa uchirish tizimi hamda Burch (Burç) mobil havo mudofaa tizimini ham taqdim etdi.
Bir yildan kam muddatda tayyorlandi
Kompaniya bayonotiga ko‘ra konsepsiyadan operatsion mahsulotga aylanishi bir yildan kam vaqt olgan mahalliy EREN o‘q - dorisi ko‘p rolli insonsiz jangovar samolyot Bayraktar Akinji (Akınıc) orqali sinab ko‘rilgani aytildi.
Joriy yilda seriyali ravishda ishlab chiqarish ishlari boshlanishi kutilayotgan EREN, Turk Qurolli kuchlari hamda do‘st va ittifoqchi davlatlarning operatsion ehtiyojlarini qondirish uchun dizayn qilindi.
ERENning texnik xususiyatlari va imkoniyatlari
EREN - insonsiz havo transportlari (IHA), vertolyotlar, quruqlik transport vositalari va dengiz platformalari orqali uchirilishi mumkin.
Asosiy xususiyatlari:
Nishonlar xilma - xilligi: past tezlikda havo nishonlari bilan bir qatorda quruqlikdagi zirhli va zirhsiz nishonlarini yo‘q qila oladi.
Masofa: Roketsan ma’lumotiga ko‘ra 100 km dan ortiq operatsion masofa.
Yo‘naltirish: ilg‘or boshqaruv tizimlari va sun’iy intellekt yordami.
“Yangi operatsion segment”
Roketsan Bosh direktori Murat Ikkinji EREN haqida: “Havodan yerga, yerdan yerga va yerdan havoga qarshi samarali, iqtisodiy jihatdan maqbul o‘q - dori yaratishni maqsad qildik”,- dedi.
Uning ta’kidlashicha, EREN, insonsiz havo transporti (IHA)ning zarba salohiyatini sezilarli darajada oshiradi va avtonom tizimlar bilan zirhli transport vositalari kabi yer platformalaridan yuqori samarali zarbalar berish imkoni beradi.
Shuningdek, o‘q - dori tarkibidagi sun’iy intellekt algoritmlari, rivojlangan parvoz boshqaruv sensorlari va turbojet dvigatel yangi operatsion imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Hozirda uni insonsiz quruqlik vositalari, zirhli platformalar va yaqin havo mudofaa tizimlariga integratsiya qilish ishlari davom etmoqda, kelajakda esa samolyotlarga ham o‘rnatilishi mumkin.