Pokiston janubida qurilayotgan binoning qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohatlandi.
Geo News telekanalining xabar berishicha Sindh viloyatining Karachi shahrida qurilayotgan olti qavatli bino qulab tushgan.
Qutqaruv xizmati xodimlari bino vayronalari ostida qolgan 3 kishi halok bo‘lgani, 14 kishi esa jarohatlanganini ma’lum qildi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra bino egasi, pudratchi va mansabdor shaxslar ham bo‘lgan jami 10 kishiga nisbatan ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish va beparvolik ayblovlari bilan ish ochilgan. Ulardan 4 nafari qo‘lga olingan.
Sindh viloyati bosh vaziri Murad Ali Shoh matbuotga bergan bayonotida, binoni qurish uchun faqat bir qavatga ruxsat olingani biroq amalda olti qavat qurilganini ifoda etdi.
Shoh hodisa uchun mas’ul shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rishga chaqirdi.














