G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Mariam Abu Dagga nufuzli «Rory Peck» mukofotiga sazovor bo‘ldi
Falastinlik marhum jurnalist Mariam Abu Dagga, nufuzli «Rory Peck» mukofotiga loyiq deb topildi.
Mariam Abu Dagga nufuzli «Rory Peck» mukofotiga sazovor bo‘ldi
_
 

O‘tgan yili Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan havo hujumi oqibatida halok bo‘lgan falastinlik harbiy muxbir Mariam Abu Dagga, mustaqil video jurnalistlarga beriladigan nufuzli Rory Peck mukofotiga loyiq deb topildi.

Rory Peck jamg‘armasi (Rory Peck Trust) Abu Dagga ushbu mukofotni Associated Press (AP) agentligidagi hamkasblari Abdel Kareem Hana va Jehad Alshrafi bilan birgalikda qo‘lga kiritganini ma’lum qildi. Uch jurnalist ham Falastin hududlaridagi «urushning insoniy oqibatlarini ta’sirchan tarzda yoritgani» uchun ushbu mukofotga loyiq ko‘rilgan.

2025 - yilning avgust oyida G‘azo sektorining janubida joylashgan Nosir shifoxonasiga qarshi Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi oqibatida halok bo‘lgan Abu Dagga 33 yoshda edi. U bilan birga yana to‘rt nafar jurnalist ham hayotdan ko‘z yumgan.

Mustaqil fotograf va video muxbir bo‘lgan Abu Dagga 2023 - yilning oktabr oyida boshlangan genotsid tusidagi urushning ilk kunlaridan boshlab AP bilan hamkorlik qilib, voqealarni yoritib kelgan.

AP bosh muharriri Julie Pace mavzu haqida: «Jurnalistlar voqealarni hujjatlashtirish va jamoatchilikni xabardor qilishda, ko‘pincha o‘z hayotlarini katta xavf ostiga qo‘ygan holda, muhim rol o‘ynaydilar. Biz Mariam va boshqa mojarolarda halok bo‘lgan barcha jurnalistlarni yodga olamiz. Ularning o‘limi ortidagi haqiqatni ochib berish borasidagi qat’iyatimizni davom ettiramiz», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

1993 - yili Moskvada yuz bergan konstitutsiyaviy inqirozni yoritib berish chog‘ida halok bo‘lgan mustaqil video jurnalist Rory Peck xotirasiga bagʻishlab 1995 - yili ta’sis etilgan ushbu yillik mukofot, butun dunyo bo‘ylab mustaqil jurnalistlarning jasorati, xolisligi va axborot sohasiga qo‘shayotgan muhim hissasini e’tirof etadi.