Qatar Bosh vaziri va Tashqi Ishlar vaziri Muhammed bin Abdulrahmon al - Soniy bilan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq so‘zlagan Hakan Fidan, Fors ko‘rfazida davom etayotgan tarangliklar «G‘azo masalasini unuttirmasligi kerak», - dedi.
Fidan shuningdek, Isroilning ekspansionistik siyosati mintaqaviy «barqarorlik va xavfsizlik» uchun katta tahdid bo‘lib qolayotganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.
Al - Soniy esa, Qatar bilan Turkiya Pokistanning AQSh bilan Isroil tomonidan Eronga qarshi joriy yilning 28 - fevralidan buyon olib borilayotgan urushni to‘xtatish hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochishga qaratilgan o‘rtamchilik sa’y - harakatlarini qo‘llab - quvvatlayotganini bildirdi. U barqarorlikni qayta tiklash va strategik dengiz yo‘lida erkin qatnovni ta’minlash zarurligini ta’kidladi.
Al - Soniy: «Qatar bilan Turkiya (Eronga qarshi olib borilayotgan) urushni to‘xtatish hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish uchun Pokistonning o‘rtamchilik sa’y - harakatlarini qo‘llab - quvvatlaydi», - dedi.
«Qatar va Turkiya (Eronga qarshi) urushni tugatish va Hurmuz bo‘g‘ozini qayta ochish uchun Pokistonning vositachilik harakatlarini qo‘llab - quvvatlaydi», - dedi.
Qatar Tashqi Ishlar vaziri shuningdek, Tehron ushbu suv yo‘lidan Fors ko‘rfazi davlatlariga qarshi «bosim yoki shantaj vositasi» sifatida foydalanmasligi zarurligini qayd etdi. .
G‘azo masalasiga ham to‘xtalgan al - Soniy, Isroilni sulh kelishuvini buzishda davom etayotganlikda va hududda gumanitar yordamni qurol sifatida ishlatayotganlikda aybladi.





















