TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya yangi insonsiz havo transporti ishlab chiqardi
Turkiya o‘zining yangi «K2» kamikaze insonsiz havo transportini ishlab chiqarib, kecha uni sinab ko‘rdi.
Turkiya yangi insonsiz havo transporti ishlab chiqardi
_
3 соат олдин

Turk insonsiz havo transporti ishlab chiqaruvchi Baykar firmasi, shanba kuni (14.03.2026) Dmitriy Shostakovichning «Waltz No. 2» asari ostida tayyorlangan bir videolavha orqali o‘zining yangi kamikaze insonsiz havo transporti «K2»ni taqdim etdi.

Ilg‘or sun’iy intellektga asoslangan parvoz va nishonlash tizimlariga ega bo‘lgan «K2», sun’iy intellekt tomonidan qo‘llab - quvvatlangan va vizual idrok texnologiyasi yordamida navigatsiya, nishonni aniqlash va jalb qilish jarayonlarida avtonom guruh amaliyotlarini amalga oshira oladi.

Insonsiz havo transporti masofasi 2 000 km dan ortiq ekani, 200 kilogramlik portlovchi yukni tashiy olishi va maksimal uchish vazni 800 kilogramni tashkil etishi ma’lum qilindi. Bir nechta vazifa uchun mo‘ljallangan tizim, qisqa vaqt ichida yoki tayyorgarliksiz parvoz qila olishi qayd etildi.

Taktik sinf «Bayraktar TB2», yuqori balandlikda parvoz qila oluvchi «Bayraktar Akinji», kemada foydalanishga mos «Bayraktar TB3» va reaktiv dvigatelli «Bayraktar Kizilelma» dunyoning bir necha davlatiga insonsiz havo transporti eksport qilgan Baykar firmasining hozirgi modellari qatoriga kiradi.