Ispaniya bilan Gretsiya G‘azo tinchlik rejasiga to‘liq amal qilinishi tarafdori

Madridda uchrashgan Ispaniya bilan Gretsiya liderlari AQSh tomonidan qo‘llab -quvvatlanayotgan G‘azo tinchlik rejasining to‘liq amalga oshirilishiga bo‘lgan qo‘llab –quvvatlashlarini yana bir bor ta’kidladi.

By
_

Ispaniya bilan Gretsiya yetakchilari Madridda uchrashuv o‘tkazib, unda, Yaqin Sharq va Venesueladagi oxirgi vaziyat ham da ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni muhokama qildi. Ayni vaqtda, AQSh tomonidan qo‘llab - quvvatlangan G‘azo tinchlik rejasining to‘liq amalga oshirilishini qo‘llab - quvvatlashlarini yana bir bor tasdiqladilar.

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq so‘zlagan Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis, har ikki davlat ham tinchlik doirasini qo‘llab - quvvatlashini ifoda etib; keyingi bosqichga o‘tish uchun aniq va tez qadamlar tashlanishi zarurligini ta’kidladi.

Mitsotakis mavzu haqida shuningdek: “Biz tinchlik rejasining to‘liq amalga oshirilishini qo‘llab - quvvatlaymiz. Ikkinchi bosqichga tezroq o‘tilishini kutyapmiz”, — dedi.

U, shuningdek, yetakchilar Venesueladagi oxirgi voqealarni ham muhokama qilganiga e’tibor qaratgan holda hozirgi asosiy vazifa keskinlikni kamaytirish va demokratik qonuniylikka ega yangi hukumatga muammosiz o‘tishni ta’minlash ekanini ta’kidladi.

Donald Trampning 20 banddan iborat rejasi doirasida o‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabri kuni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirdi ammo shunga qaramay 3 oy ichida Isroil qoidabuzarlik qilib, falastinlik kamida yana 442 nafar kishi umriga zomin bo‘ldi.

Isroil armiyasi 2023 - yilning oktabr oyidan beri qamal ostidagi hududga qarshi olib borgan vayronkor hujumlari natijasida ko‘pchiligi ayollar va bolalardan iborat 71 ming 400 nafardan ortiq falastinlik umriga zomin bo‘ldi, 171 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati oldi.