Fidan Erondagi masalada muzokaralarning muhimligini ta’kidladi

Hakan Fidan bilan Abbos Aroqchi oxirgi 24 soat ichida ikki marotaba telefon orqali muloqot qildi.

By
_

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bilan Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi bugun (14.01.2026) mintaqada davom etayotgan keskinlikni kamaytirishga qaratilgan choralarni muhokama qildi.

Ikki vazir shu orqali oxirgi 24 soat ichida ikki marota aloqa o‘rnatdi.

Turk diplomatik manbalariga ko‘ra Aroqchi bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqoti chog‘ida Hakan Fidan, mintaqaviy keskinlikni pasaytirish yo‘li sifatida muzokaralarning muhimligini ta’kidladi.

Eron, milliy valyutasi riyalning keskin qadrsizlanishi va iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi bilan 28 - dekabr kuni Tehron Katta bozorida boshlangan norozilik namoyishlari tufayli murakkab bir davrga kirdi.

Namoyishlar mamlakatning boshqa shaharlariga ham yoyildi.

Hukumat rasmiylari AQSh va Isroilni “isyonlar” va “terrorizm”ni qo‘llab - quvvatlashda aybladi.

Rasmiy ravishda qurbonlar soni e’lon qilinmagan bo‘lsa - da, markazi AQShda joylashgan inson huquqlari tashkiloti xavfsizlik kuchlari halok bo‘lganlar sonining 2 ming 550 nafardan oshgani; tan jarohati olganlar sonining esa 1 ming 134 nafardan ortiq ekani taxmin qilinayotganini bildirdi.