TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya Gretsiya va Chevron o‘rtasidagi gaz kelishuvini qoraladi
Anqara Afinani Liviya bilan imzolangan dengiz bitimlarini buzishda aybladi va energiya qidiruv ishlarining mintaqadagi mo‘rt diplomatik jarayonga zarar yetkazishi haqida ogohlantirdi.
Turkiya Gretsiya va Chevron o‘rtasidagi gaz kelishuvini qoraladi
Sharqiy O'rta yer dengizida, Turkiya dengizda diplomatiya, xavfsizlik va barqarorlikni shakllantiruvchi yangi dengiz rejasi bilan o'zining suveren qarashlarini mustahkamlaydi. / AP
11 соат олдин

Turkiya "Chevron" boshchiligidagi konsorsium Krit oroli janubida tabiiy gaz qidirish uchun ruxsatnomalar imzolaganidan so‘ng, mintaqada "bir tomonlama" energiya qidirayotgan Gretsiyani keskin tanqid qildi. Anqara ushbu qadam xalqaro huquq va mintaqaviy kelishuvlarni buzishini ta’kidladi.

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi payshanba kuni bergan bayonotida, loyiha Turkiya va Liviya o‘rtasida 2019-yilda imzolangan dengiz chegaralari bitimiga zid ekanini, qidiruv ishlari shartnomada ko‘rsatilgan chegaralarni hisobga olmayotganini ma’lum qildi.

Anqara parmalash ishlari bevosita o‘zining kontinental shelfida (materik sayozligida) bo‘lmasa-da, ushbu faoliyat Liviya tomonidan 2025-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga taqdim etilgan dengiz hududlari bo‘yicha da’volarga zid ekanini bildirdi. Turkiya hukumati Afinaning "qonunga zid" harakatlariga qarshi Liviya rasmiylarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini qo‘shimcha qildi.

Bahsli suvlar ustidagi kelishmovchilik

Gretsiya uchun ushbu bitim tadqiqot olib boriladigan dengiz maydonini sezilarli darajada kengaytiradi va dengizdagi energiya zaxiralarini qidirishda mamlakatga yangi kuch bag‘ishlaydi.

NATO a’zolari bo‘lgan Turkiya va Gretsiya uzoq vaqtdan beri Sharqiy O‘rta Yer dengizi va Egey dengizida dengiz chegaralari, havo hududi huquqlari va resurslar ustidagi da’volar bo‘yicha nizolashib kelmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash maqsadida 2023-yilda qabul qilingan deklaratsiya o‘zaro muloqotni yumshatgan bo‘lsa-da, asosiy kelishmovchiliklar hali ham yechimini topgani yo‘q.