Isroil armiyasining sulh kelishuviga qaramay G‘azo sektoridagi bir uyga qarshi uyushtirgan hujumi oqibatida bir oilaning 4 nafar a’zosi halok bo‘ldi, ko‘plab inson yaralandi.
Shifo shifoxonasi mas’ullari hujumda halok bo‘lgan ota, ona va ularning ikki qizining jasadlari, shuningdek, yaradorlar shifoxonaga olib kelinganini ma’lum qildi.
Mahalliy manbalarning xabar berishicha Isroilga tegishli vertolyot G‘azo shahrining g‘arbiy qismidagi Shati qochqinlar lagerida joylashgan uyni kamida bitta raketa bilan nishonga olgan. Hujum oqibatida bir oilaning ota - onasi va ikki qizi halok bo‘lgan, oilaning boshqa a’zolari esa yaralangan.
Isroil armiyasi 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan sulh kelishuviga qaramay, G‘azo sektoriga qarshi hujum uyushtirishni davom ettirmoqda.
G‘azo sektori Sog‘liqni Saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra sulh boshlanganidan buyon Isroil hujumlari oqibatida falastinlik 1 ming 679 kishi halok bo‘lgan, 6 ming 100 kishi yaralangan.
2023 - yilning oktabr oyidan buyon Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar soni 74 ming 746 nafarga, yaradorlar soni esa 176 ming 234 nafarga yetgan.














