TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya mudofaa sanoati mahsulotlari NATO sammitida namoyish etiladi
Mudofaa sanoati boshqarmasi NATO Sammiti Mudofaa sanoati forumi – 2026 doirasida strategik ahamiyatga ega tadbir tashkil etadi.
Turkiya mudofaa sanoati mahsulotlari NATO sammitida namoyish etiladi
_

Prezident huzuridagi Mudofaa sanoati boshqarmasi NATO Sammiti Mudofaa sanoati forumi – 2026 doirasida strategik ahamiyatga ega tadbir tashkil etadi.

Forum doirasida Prezident huzuridagi Mudofaa sanoati boshqarmasi raisi Haluk Go‘rgun mezbonligida Turk Aerokosmik sanoati (TUSAŞ)ning Kahramankazandagi ishlab chiqarish majmuasida yuqori darajadagi mehmonlar ishtirokida rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir davomida Turkiyaning mudofaa sanoati salohiyati, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari va ittifoqchilik ruhi namoyish etiladi. Dasturda NATOga a’zo va ittifoqchi davlatlardan keng ko‘lamli delegatsiyalar ishtirok etadi.

Qabul marosimida NATO va ittifoqchi mamlakatlarning yuqori martabali harbiy hamda fuqarolik vakillari, shuningdek, xalqaro mudofaa sanoati kompaniyalari rahbarlari qatnashadi.

Tadbirda Turkiya mudofaa sanoatining ilg‘or mahsulotlari namoyish etiladi, shuningdek, aviatsiya platformalarining parvozlari tashkil etiladi.

Dastur doirasida milliy havo platformalari namoyish parvozlarini amalga oshiradi.

NATO Liderlar sammiti 7–8-iyul kunlari Turkiya poytaxti Anqara shahrida bo‘lib o‘tadi.