TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Prezident Erdo‘g‘an dunyo musulmonlarini falastinliklar bilan birdamlikka chaqirdi
Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya, Falastindagi zo‘ravonliklarning to‘xtashi va Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi urush tinchlik yo‘li bilan xal qilinishi tarafdori ekanini qayd etdi.
Prezident Erdo‘g‘an dunyo musulmonlarini falastinliklar bilan birdamlikka chaqirdi
 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an butun dunyo musulmonlarini Qurbon hayiti bilan tabriklab, hammani, Falastin xalqi va urushdan jabr ko‘rgan xalqlar bilan birdamlik ichida bo‘lishga chaqirdi.

Erdo‘g‘an bugungi tabrik so‘zida: «G‘azo va ishg‘ol ostidagi hududlarda kurash olib borgan, Isroilning barcha vahshiyliklari oldida jon saqlagan falastinlik birodarlarimizni yurtim va xalqim nomidan hurmat ila salomlab, Qurbon hayitini chin yurakdan tabriklayman», - dedi.

G‘azoda hayotdan ko‘z yumganlarni ham yodga olib, «Hujumlarda shahid bo‘lgan barcha g‘azolik birodarlarimni hurmat bilan yodga olaman, tan jarohati olganlarga shifo tilayman», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Erdo‘g‘an o‘z so‘zida shuningdek G‘azo, Sudan va Somali kabi to‘qnashuvlardan ziyon ko‘rgan hududlardagi beqarorlikning tezroq tugashini tiladi.