Liviya parlamenti Gretsiyaning Tripoli va Ankara o'rtasidagi 2019-yilgi dengiz chegaralarini belgilash bo'yicha anglashuv memorandumi bekor qilish to’g’risidagi chaqiruvini "milliy suverenitetning aniq buzilishi" deb atadi.
Yakshanba kuni Afina shahrida Liviyalik hamkasbi Aguila Saleh bilan uchrashuvi chog'ida Gretsiya parlamenti spikeri Nikitas Kaklamanis 2019-yil Turkiya–Liviya dengiz bitimini bekor qilish kerakligini aytdi.
"Biz Gretsiya rasmiylari tomonidan takroran bildirgan bayonotlarni hayrat va norozilik bilan kuzatdik. Eng so'nggisi Gretsiya parlamenti spikeriga tegishli bo'lib, unda Liviyaning ichki ishlariga aralashishga ochiq chaqiriqlar bor edi," dedi Liviya parlamentining ikkinchi vitse-spikeri Misbah Ouhida bayonotida.
Ouhida Gretsiya spikerining so'zlarini "milliy suverenitetning aniq buzilishi" deb atadi.
"Hech bir davlatning Liviyaga ularni bekor qilishni buyurish huquqi yo'q"
U "yahshi qo'shnichilik tamoyillari va o'zaro hurmatga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarga" hurmatini ta'kidladi.
"Liviya to'liq suveren davlat bo'lib, o'zining oliy manfaatlarini va ularni qanday himoya qilishni faqat o'zi biladi," dedi u va Liviyaning suveren qarorlariga har qanday aralashuv yoki tashqi tomonning unga siyosiy ko'rsatmalar yuklash urinishlarini rad etdi.
Bitim Liviya bilan Turkiya o'rtasidagi dengiz chegaralarini belgilashga taalluqlidir. Gretsiya esa ushbu bitimni o'zining eksklyuziv iqtisodiy zonasiga "hujum" deb hisoblaydi.
Turkiya bilan bo'lgan bitimga doir Ouhida shunday dedi: davlat tomonidan tuzilgan bitimlar "xalqaro qonunlar va normalar bilan boshqariladigan suveren qarorlardir, va hech bir davlat Liviyaga ularni ratifikatsiya qilish, rad etish yoki bekor qilishni buyurishga haqqi yo'q."
U Gretsiya tomonini ehtiyotkor bo'lishga, Liviyaning suverenitetiga hurmat ko'rsatishga va Liviyaning ichki ishlariga aralashish urinishlarini to'xtatishga chaqirdi.
















